Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Global joylashuv tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Har xil navigatsion tizimlarning orbitalarini solishtirish

Global joylashuv tizimi (GJT) (ing. - GPS) fazodagi sunʼiy yoʻldoshlar asosida taʼmilab berilgan sunʼiy yoʻldoshli global navigatsion tizim boʻlib, Yer sayyorasida va uning atrofida boʻlgan joylardagi vaqt va geografik koordinata aniqlash imkonini beradi. GJT ob-havoga bogʻliqmas ravishda berilgan nuqta atrofida 4 ta GJT sunʼiy yoʻldoshni toʻgʻri chiziq boʻyicha hech qanday toʻsiqlarsiz koʻra olish imkoni boʻlganda ishlay oladi. GJT Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan ishlab chiqilib GJT qabul qilgichga ega boʻlgan barchaga tekin xizmat koʻrsatadi.