Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gidatodlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidatodlar (yunoncha: Hydotod, hydotos — suv va hodos — yoʻl, teshik) — oʻsimliklardan suv va tuzlarning quyuq tomchi holida ajralishiga imkon beradigan barg hujayralari. Nam iklimda oʻsadigan oʻsimliklar uchun xos. Suv ajratish gidatodlar orqali passiv (ildiz bosimi tufayli) yoki epiderma orqali faol sodir boʻlishi mumkin. Gidatodlar, odatda, barglarning qirralari va tishchalarida boʻladi. Gidatodlar funksiyasini maxsus bezli tukchalar (trixomalar) bajarishi mumkin. Gidatodli oʻsimliklar nam tropik oʻrmonlarda koʻp uchraydi. Gidatodlar orqali suv ajratish tuproq va havo namligi yuqori boʻlganda ayniqsa jadal boradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil