Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Geotermika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geotermika (qadimgi yunoncha: γῆ — „Yer“ va θέρμη — „issiqlik“, „isitma“) — Yerning issiqlik maydonini oʻrganuvchi fan. Yer qobigʻidagi qatlamlardan issiqlikning koʻtarilishi (oʻtishi) togʻ jinslarining issiqlik oʻtkazuvchanligi, issiqdik singdiruvchanligi, temperatura T oʻtkazuvchanligi bilan bogʻliqdir. Yer yuzasidagi temperaturaning tarqalishi tashqi sharoitlarga ham bogʻliq. 15 km va undan ortiq chuqurlikda temperaturaning miqdor oʻzgarishi juda ham kichik (gradusning ulushi). temperaturaning bunday oʻzgarishi Yer zaminidagi sharoit va uning yuzasidagi qad. issiqlik manbalari bilan bogʻliqdir. Yer osti suvi va relyef Yerning faqat 100200 m chuqurligigacha temperatura oʻzgarishiga taʼsir koʻrsatadi. Yerning temperatura maʼlumotlari parmalangan quduqlar, togʻ jinslari, zamindan chiqayotgan lavalariing temperaturasini bevosita oʻlchash, chuqurdagi moddalarning elektr oʻtkazuvchanligini baholash va har xil nazariy hisoblash bilan (issiqlik manbalarining joylashishi, issiqlik tarixining tahdili asosida) yigʻiladi. Bu maʼlumotlar temperaturaning Yer yuzasidan chuqurlikka qarab ortishini koʻrsatadi. Bu ortish tezligi har xil chuqurlik va hududlarda oʻzgaruvchan boʻlib, issiqlik oʻtkazish koeffitsenti X va issiqlik oqimining zichligi Q bilan bogʻliqligi aniqlangan. Yerning yuqori qatlamidagi kristallangan Ya =(5—8)* 10° va choʻkindi jinslardaX=(25)*10~3kal/smstrad. bilan ifodalanadi. Oʻrtacha Q Yerda — 1,2—1,5, okeandagi chuqur botiqlarda — 0,2-0,6, qalqonlarda — 0,7—1,1, okean oraligʻidagi tizmalar va baʼzi geosinklinallarda — (2,5)—8*10~6 kal/sm2s ga tengdir. Juda yuqori Q miqdori otilib turgan vulkanlar maydoniga taalluqdidir. Q ning anomal holati geoidning ellipsoid yuzasidan qochish qiymatining taxminan tarqalishiga mos keladi. Bu esa mantiyadagi harakat yoʻnalishi (konveksiya) kataklarining borligi bilan Q ning bogʻliqligini koʻrsatadi. Yerdan ajralib chiqayotgan issiqlikning koʻp qismi jinslarning issiqlik oʻtkazuvchanligi bilan bogʻliq. Bunda issiq suvlarning harakati, vulkanlarning otilishi va b. jarayonlarning uncha ahamiyati yoʻq. Zamonaviy issiqlik oqimining tabiatini tushuntirish uchun Yerdagi qalinligi 20-25 km „granit“ va 100-200 km „bazalt“ qatlamlaridan ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini aniqlash lozim. Zamindagi temperaturani baholash esa juda aniq emas, chunki chuqurlik ortishi bilan xatolik ham ortib boradi. Buning sababi temperatura jarayonini tashkil qiluvchi temperatura manbalarning aniqmasligidadir. Yerning 100 km chuqurliqida temperatura 1000— 1400° ga tengligi har xil usullar bilan aniqlangan boʻlsada, bundan ham chuqurroqda temperatura 2,0—2,5 marta farqlanadi. Oʻzbekistonning Chust-Pop hududida issiqlik anomaliya maydoni mavjud.

Qadimgi geotermik davrlardagi temperatura sharoitlari har xil metamorfizm fatsiyalariga taalluqli togʻ jinslarining va intruzivlarning mavjudligi hamda qator kimyoviy elementlarning izotop nisbatlari (koʻpincha, kislorod qoʻllanadi) asosida topiladi. Olingan maʼlumot va xulosalardan geodinamika, geotektonika, magmatizm, uran, neft-gaz, issiq maʼdanli suv manbalarini, tabiiy bugʻ konlarini izlash va qidirish, togʻ-texnik sharoitni baholash, boʻlajak zilzila oʻchoqlarini aniqlash, geofizik muammolarni yechishda foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil