Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Gekkonsimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gekkonsimonlar (kasratki), changalbarmoqlilar — kaltakesaklar oilasi. Uzunligi 30 sm. Boshi katta, gʻadir-budur tangachalar bilan qoplangan. Oyoqlari yaxshi rivojlangan, barmoqlari keng. Barmoqlarining osti shox plastinkali mayda soʻrgʻichlar (qillar) bilan qoplangan. Soʻrgʻichlari va changal barmoqlari yordamida gekkonsimonlar devor, daraxt, qoya, jar kabi tik joylarda, hatto, oyna betida yura oladi. Dumi sinuvchan, singan qismi qaytadan oʻsib chiqadi. Gekkonsimonlar tovush chiqaradi. Rangi och kulrang yoki toʻq jigarrang. Ular har xil mayda hasharotlar, lichinkalar, oʻrgimchaklar bilan oziqlanadi. 480 tacha turi maʼlum. Tropik, subtropik va moʻʼtadil iqlimda, jumladan, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Qrimda tarqalgan. Ayrim turlari Qizil kitobga kiritilgan. Gekkonsimonlar tunda faol harakat qiladi. Oʻzbekistonda 8 turi uchraydi. Dasht va choʻllarda, loydan qurilgan eski imoratlar devorida yashaydi. Choʻldagi turlari in kovlaydi. Oʻzbekistonda kaltakesaklardan odamlar hazar qiladi. Chunki hadisga koʻra kaltakesakning shu turi zararligi va uni koʻrganda oʻldirish kerakligi aytilgan. Gekkonsimonlarning tipik vakillaridan: Turkiston harom kaltakesagi; taroq barmoqli gekkon, parrak dumli gekkon kabi turlari maʼlum.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


ikkinchi nomi Kasratkidir.