Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bromargirit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bromargirit (Brom—Argyrit tarkibiga qarab atalgan) — mineral. Bromidlar guruhiga mansub. Kimyoviy formulasi AgBr. Kub singoniyali. Kub, kuboktaedrli kristallar va donachalar. Yashildan sariqgacha, olmossimon, mumsimon yaltiraydi, baʼzan xira. Qattiqligi 2,5. S. ogʻ. 6,5. B. Nurota togʻlaridagi oltin konlari oksidlanish zonasida aniqlangan. B. kam uchraydi. Oʻzbekiston (Nurota togʻlari), Meksika (SanOnofre) va Chilida (Chanarkilo) bor. Kumush olinadigan ruda. Sinonimi: bromirit, bromli kumush.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil