Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Bermud orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bermud oroli — Atlantika okeanining shim.gʻarbidagi bir tuda (150 tacha) marjon orollar, Shim. Amerikadan 900 km sharqda. Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 53,3 km². Aholisi 61 ming kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Gamilton shahri (Bermuda orolda). Orollardan eng kattasi — Bermuda orol soʻngan suv osti vulkani choʻqqisidan iborat (balandligi 79 m gacha). Iqlimi tropik sernam iqlim. Yogʻin 1350 mm chamasida. Eng salqin oy (mart)ning oʻrtacha temperaturasi 16,7°, eng issiq oy (avgust)ning temperaturasi 26,7°. Dam olish zonasi. Turizm rivojlangan. Banan, sitrus oʻsimliklari, erta pishar sabzavotlar va gullar (eksport uchun) yetishtiriladi. Ispan dengizchi sayyohi X. Bermudes tomonidan 1522-yilda kashf etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil