Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Berk oʻlka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
inglizcha: Endorheic basin

Berk oʻlka (inglizcha: endorheic basin) – oqar suvlari ichki dengiz yoki okeanga borib quyilmaydigan oʻlka. Iqlimi qurgʻoq boʻlganidan berk oʻlkada suv kam boʻladi. Ayrim daryolargina kesib utib, okeanga quyiladi (mas. Nil daryosi). Berk oʻlkada bunday daryolarga odatda kuyi va oʻrta oqimida birorta ham irmoq kelib quyilmaydi, aksincha, sugʻorishga sarf boʻlishi, yer ostiga sizib ketishi va koʻplab bugʻlanishi natijasida daryolarning suvi kamayib boradi. Yogʻinning hammasi bugʻlanib ketadi. Berk oʻlkadagi yirik daryolar (Idel, Ural, Kura, Amudaryo, Sirdaryo, Ili va boshqalar) maʼlum biron koʻlgagina quyiladi, kichikroq daryolar (Oʻrta Osiyodagi Zarafshon, Qashqadaryo, Chuy, Talas, Tajan, Murgʻob, Atrek kabi daryolar) esa sugʻorishga sarf boʻlishi, bugʻlanishi va yer ostiga sizib ketishi natijasida yoʻl-yoʻlakay tugab ketadi. Eng katta berk oʻlkalar Afrika va Osiyoda. Kaspiy dengizi havzasi va Oʻrta Osiyo (Orol dengizi va Balxash koʻli) havzalari eng katta berk oʻlkalardan hisoblanadi[1].

  1. "Berk oʻlka" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil