Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Benefis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benefis (fransuzcha benefice – foyda) – tushumi toʻla yoki qisman teatr jamoasi yoki ayrim aktyorga toʻlanadigan spektakl. Birinchi benefis Fransiyada 1735-yili oʻtkazilgan. Oʻzbekistonda birinchi benefis 1924-yilda atoqli aktrisa Maʼsuma Qoriyevaning Halima (F. Zafariy, „Halima“) rolini 100 marta ijro etishi munosabati bilan oʻtkazildi. 1925-yildan sobiq Ittifoqda, jumladan Oʻzbekistonda benefis bekor qilinib, uning oʻrniga artistlarning ijodiy kechalarini uyushtirish rasm boʻlgan. 1958-yil Otello (U. Shekspir, „Otello“) rolini 500-marta ijro etilishi munosabati bilan A. Hidoyatovning ijodiy kechasi benefisi oʻtkazilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil