Bosh miya yarimsharlari
Odam bosh miyasi oldindan koʻrinishi. | |
Oʻng yarimshar Chap yarimshar | |
Lotincha nomi | Hemisphaerium cerebri |
---|---|
Umurtqalilar bosh miyasi ikkita bosh miya yarimsharlaridan tashkil topgan boʻlib, ular oʻzaro bosh miyaning boʻylama tirqishi yordamida ajralib turadi. Shuning uchun, bosh miyani chap va oʻng yarimsharlarga boʻlingan deb ta’riflashimiz mumkin. Bu yarimsharlarning har birida tashqi tashqi kulrang modda qavati, bosh miya poʻstlogʻi, uning ostida esa ichki oq modda qavati bor. Yoʻldoshli sutemizuvchilarda yarimsharlar oʻzaro juda yirik nerv tolalari tutami boʻlgan qadoqsimon tana (lot. corpus callosum) orqali bogʻlangan. Yarimsharlar Oldingi kommissura, orqa kommissura kabi kichikroq kommissuralar va forniks (gumbaz) yordamida ham bogʻlanadi va bu boshqa umurtqalilarda ham uchraydi. Bu kommissuralar mahalliy funksiyalarni koordinatsiya qilish uchun ikkala yarimshardagi axborotlar almashinuvini ta’minlaydi.
Bosh miya yarimsharlarida uchta qutb borligi ma’lum: ensa qutbi, peshona qutbi va chakka qutbi.
Markaziy egat mashhur boʻlib, tepa boʻlagini peshona boʻlagidan va birlamchi harakatlantiruvchi poʻstloqni birlamchi somatosensor poʻstloqdan ajratib turadi.
Makroskopik jihatdan yarimsharlar qariyb bir-birining koʻzgudagi aksidak koʻrinadi. Faqatgina kichik farqlar, masalan, odamda koʻrinuvchi Yakovlev burilishi, oʻng tomonning biroz burilishi boʻlib, uni chap tomonga nisbatan oldinroqqa suradi. Mikroskopik darajada, bosh miya poʻstlogʻining sitoarxitektonikasi, hujayralar funksiyalarini, neyromediator miqdoriy darajalari va yarimsharlar orasida asimmetrik boʻlgan retseptor subtiplarini koʻrsatadi.[1][2] Bu farqlarning ba’zilari barcha odamlar yoki hayvon turlarida uchrasa ham, bir tur doirasidagi oʻrganishlarda individdan individga oʻtgan sari yana koʻplab farqlar koʻrinadi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Har bir bosh miya yarimsharida kulrang moddadan iborat tashqi qavat bosh miya poʻstlogʻi va ichki qavat bosh miya yarimsharlarining ichkarisi yoki markaziy yarim oval nomi bilan ma’lum oq modda asosi bor.[3] Bosh miya yarimsharlarining ichqi qismiga lateral qorinchalar, bazal oʻzaklar va oq modda kiradi.[4]
Qutblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh miyada uchta qutb, ensa qutbi, peshona qutbi va chakka qutblari bor. Ensa qutbi har bir yarimshar ensa boʻlagining orqa uchi hisoblanadi. U toʻmtoq peshona qutbiga nisbatan ancha aniqroq bilinadi. Peshona qutbi har bir yarimshar peshona boʻlagining eng oldingi qismi boʻlib, ensa qutbiga nisbatan koʻproq aylana hosil qiladi. Chakka qutbi peshona va ensa qutblari orasida boʻlib, har bir chakka boʻlagi kalla tubi oʻrta chuqurchasining oldingi qismida joylashgan.[5]
Kompozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agarda ikkala yarimsharning ham ustki qismini qadoqsimon tanadan 1.25 sm yuqorida olib tashlansa, ingichka kulrang modda chegarasi bilan oʻralgan oval shakldagi markaziy oq modda, markaziy yarim oval va qon tomirlar kesilishidan chiqqan qondan hosil boʻlgan koʻplab kichik qizil nuqtalar (puncta vasculosa) koʻrinadi.
Agar yarimsharlarning qolgan qismlari biroz olinsa keng oq modda tutami, bosh miyaning boʻylama tirqishi pastki qismida ularni bogʻlab turuvchi, qadoqsimon tana aniqlanadi; qadoqsimon tana bilan qoplangan yarimsharlar chetlari labia cerebri (bosh miya labi) deb ataladi.[6]
Har bir lab belbogʻ pushtasi (lot. gyrus cinguli)ning bir qismi; va u bilan qadoqsimon tananing ustki yuzasi orasidagi egat qadoq egati deb nomlanadi.
Agar yarimsharlar qadoqsimon tana yuqori yuzasi darajasida kesilsa, uning oq moddasi ikkala yarimsharni bogʻlashi koʻrinadi.
Shunda ochilgan ichki modda ixcham kulrang modda bilan chegaralangan va markaziy yarim oval deb ataladi. Markaziy yarim ovalning qon bilan ta’minlanishi yuzadagi oʻrta bosh miya arteriyasi orqali kechadi.[3] Bu arteriyaning poʻstloq tarmoqlari markaziy yarim ovalni qon bilan ta’minlash uchun tushadi.[7]
Rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bosh miya yarimsharlari oxirgi miya (lot. telencephalon)dan paydo boʻladi. Ular devorlar bilateral invaginatsiyasi konsepsiyasidan besh hafta oʻtib chiqadi. Yarimsharlar C-shaklida oʻsadi va orqaga qaytadi. Shunda hamma tuzilmalar (qorinchalar kabi) yarimsharlar ichkarisiga itariladi. qorinchalararo teshik (Monro teshigi) lateral qorinchalar bilan aloqani ta’minlaydi. Xoroid chigal ependimal hujayralar va tomir mezenximasidan hosil boʻladi.
Funksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yarimsharlar lateralizatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Omma psixologiyasida odatdagi keng umumiy tushunchaga koʻra ma’lum funksiyalar (mantiq, ijodkorlik..) laterallashgan boʻlib, miyaning oʻng yoki chap tomonida joylashgan. Bu xulosalar odat aniq emas va aslida miyaning asosiy funksiyalari ikkala yarimsharga tarqalgan. Asimmetriya boʻyicha asosiy ilmiy ishlar ommalashgan yuqori-daraja funksiyalaridan koʻra kichik-darajadagi funksiyalar bilan bogʻliq (grammatikani ongsiz qayta ishlash, umumiy "mantiqiy fikrlash" emas).[8][9] Bunga qoʻshimcha, kichik-daraja funksiyalari tananing qarama-qarshi tomonida ham koʻrinadi.
Lateralizatsiyaga eng tanilgan misol boʻlgan Broca va Wernicke sohalari (til) odatda faqatgina chap yarimshardan topiladi. Bu sohalar qaysi qoʻl ustunligi bilan mos keladi, bu sohalarning joylashuvi muntazam ravishda dominant qoʻlga qarama-qarshi yarimshardan topiladi. Semantika, prozodik, intonatsiya, urgʻu, prozodiya va boshqalarda funksional lateralizatsiya soʻroq ostida va neyronal asosi koʻpincha ikkala yarimsharda ham topiladi.[10][11]
Sezish informatsiyalari ikkala yarimsharda ham qayta ishlanadi, lekin laterallik jihatidan qismlarga ajralgan: har bir tana tomonidagi informatsiya qarama-qarshi yarimsharga yuboriladi (koʻrish qandaydir farqli ajralgan, lekin baribir laterallashgan). Mos ravishda, harakatni boshqaruvchi signallar tanaga qarama-qarshi tomondagi yarimshardan keladi. Shunday qilib, qoʻl ustunligi yarimsharlar lateralizatsiyasi bilan bogʻliq.[manba kerak]
Qaysidir jihatlardan, yarimsharlar asimmetrik; oʻng tomon biroz kattaroq. Neyromediatorlardan noradrenalin oʻng tomonda va dofamin darajasi chap tomonda yuqoriroq. Oʻng tomonda koʻproq oq modda (uzunroq aksonlar) va chap tomonda koʻproq kulrang modda (hujayra tanalari) bor.[12]
Grammatik ava soʻz hosil qilish kabi tilning chiziqli hosilalari bosh miyaning chap yarimshariga laterallashgan. Aksincha, tilning intonatsiya va ta’kidlash kabi umumlashgan hosilalari bosh miyaning oʻng yarimshariga laterallashgan. Boshqa integrative funksiyalar, masalan intuitiv yoki evristik (ing. heuristic) arifmetika, binaural ovoz lokalizatsiyasi kabilar koʻproq bilateral boshqariladi.[13]
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Markaziy oval infarkti kuzatilishi mumkin.[3]
Epilepsiyani davolashda yarimsharlar orasidagi asosiy bogʻlanishlarni kesish uchun qadoqsimon tana kesilishi mumkin va bu amaliyot korpus kallosotomiya deb ataladi.
Hemisferektomiya – bosh miya yarimsharlaridan birini olib tashlash yoki oʻchirib qoʻyish. Bu talvasalarning boshqa usullar yordam bermaydigan ogʻir holatlarini davolash uchun oʻtkaziladigan kamyob amaliyotdir.
Qoʻshimcha suratlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Qoʻy miyasining orqa tomondan koʻrinishi. Chap va oʻng yarimsharlarni ajratib turuvchi bosh miyaning boʻylama tirqishi ochilgan.
-
Lateral yuza. (Peshona qutbi tahminan 10, ensa qutbi tahminan 17 va chakka qutbi tahminan 38 da.)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Anderson, B.; Rutledge, V. (1996). "Age and hemisphere effects on dendritic structure". Brain 119 (6): 1983–1990. doi:10.1093/brain/119.6.1983.
- ↑ Hutsler, J.; Galuske, R.A.W. (2003). "Hemispheric asymmetries in cerebral cortical networks". Trends in Neurosciences 26 (8): 429–435. doi:10.1016/S0166-2236(03)00198-X. https://archive.org/details/sim_trends-in-neurosciences_2003-08_26_8/page/429.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Bogousslavsky, J; Regli, F (October 1992). "Centrum ovale infarcts: subcortical infarction in the superficial territory of the middle cerebral artery.". Neurology 42 (10): 1992–8. doi:10.1212/wnl.42.10.1992. PMID 1340771.
- ↑ Snell, Richard S.. Clinical Neuroanatomy (Clinical Neuroanatomy for Medical Students (Snell)). Hagerstwon, MD: Lippincott Williams & Wilkins, 2009 — 262-bet. ISBN 978-0-7817-9427-5.
- ↑ Singh, Vishram. Textbook of Anatomy. Elsevier, 2017 — 389-bet. ISBN 9788131237274.
- ↑ „Labia cerebri“. books.google.co.uk. Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.
- ↑ Lee, P H (1-dekabr 2005-yil). "Pathogenesis of deep white matter medullary infarcts: a diffusion weighted magnetic resonance imaging study". Journal of Neurology, Neurosurgery & Psychiatry 76 (12): 1659–1663. doi:10.1136/jnnp.2005.066860. PMID 16291890. PMC 1739473. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1739473.
- ↑ Western et al. 2006 "Psychology: Australian and New Zealand edition" John Wiley p.107
- ↑ "Neuromyth 6" http://www.oecd.org/document/63/0,3746,en_2649_35845581_34555007_1_1_1_1,00.html Retrieved 15-oktabr 2011-yil.
- ↑ Weiss, Peter H., and Simon D. Ubben. "Where Language Meets Meaningful Action: A Combined Behavior and Lesion." Springer. 29-Oct. 2014-yil. Web. 31-Mar. 2016-yil.
- ↑ Riès, Stephanie K., and Nina F. Dronkers. "Choosing Words: Left Hemisphere, Right Hemisphere, or Both? Perspective on the Lateralization of Word Retrieval."Wiley Online Library. 14-Jan. 2016-yil. Web. 31-Mar. 2016-yil.
- ↑ R. Carter, Mapping the Mind, Phoenix, London, 2004, Originally Weidenfeld and Nicolson, 1998.
- ↑ Dehaene, S; Spelke, E; Pinel, P; Stanescu, R; Tsivkin, S (1999). "Sources of mathematical thinking: behavioral and brain-imaging evidence". Science 284 (5416): 970–4. doi:10.1126/science.284.5416.970. PMID 10320379.
Vikiomborda Bosh miya yarimsharlari haqida turkum mavjud |