Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Asperitas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Asperitas (ilgari Undulatus asperatus nomi bilan tanilgan) bulutini ilk marta 2009-yilda Bulutarni asrlash jamiyati xodimi Gavin Pretor-Pinni tomonidan bulut turi sifatida ommalashtirish taklifi kiritilgan. 2017-yil mart oyida Xalqaro bulut atlasiga 1951-yilgi sirrus intortusdan keyin qoʻshilgan ikkinchi bulut shakllanishidir[1]. Unga berilgan, taxminan, „dagʻallik“ deya tarjima qilinadi[2].

Asperitas buluti toʻlqinli bulutlar bilan chambarchas bogʻliqdir. Asperitas qora va boʻronga oʻxshash bulutlar sirasiga kirsa-da, deyarli har doim talofat keltirmasdan tarqalib ketadi. Biroz vahimali koʻrinadigan ushbu bulutlar, ayniqsa, Amerika Qoʻshma Shtatlarining tekislik shtatlarida, koʻpincha konvektiv momaqaldiroqdan keyin erta tongdan toki kun tugashga yaqinlashgungacha osmonni qoplab turishi tez-tez kuzatiluvchi hodisadir[3].

Xalqaro bulut atlasiga koʻra, Asperitalar shunday taʼriflanadi:

Bulutning pastki qismida aniq koʻrinib turuvchi toʻlqinsimon tuzilmalar gorizontal shaklda tashkil topgan. Asperitas bulutlar manbasi mahalliy toʻlqinlar bilan tavsiflanadi. Ularga qaraganingizda goʻyoki yerdan osmonga qarab dagʻallangan dengiz yuzasini koʻrayotgandek boʻlishingiz mumkin. Quyosh yorugʻligining turli darajalari va bulutning qalinlik darajalari vizual effektlarga olib kelishi mumkin. Koʻpincha, Stratokumulus va Altokumulus bulut turlari bilan birga uchraydi[4].

Kuzatishlar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Amerika Atmosfera tadqiqotlari milliy markazining bulutlar boʻyicha mutaxassisi Margaret LeMone 30 yil davomida asperita bulutlarini suratga olgani va uni yangi bulut turi deb hisoblagani haqida xabar bergan.

2006-yil 20-iyunda Jeyn Uiggins Amerika Qoʻshma Shtatlarining Ayova shtati, Sidar Rapids shahri markazidagi ofis binosi derazasidan asperita bulutlarini suratga oladi[5]. Tasvirga olinganidan koʻp oʻtmay, Wiggins oʻzi suratga olgan butun boshli galereyani bulutlarni asrash jamiyatiga yuboradi[6]. 2006-yildan beri koʻplab shunga oʻxshash bulutli shakllanishlar tasvirlari ushbu galereyaga hissa qoʻshib keladi. 2009-yilda Bulutlarni asrash jamiyati asoschisi Gavin Pretor-Pinney Asperita bulutini butunlay yangi tur sifatida targʻib qilish uchun Qirollik meteorologiya jamiyati bilan birga ish boshlaydi[7]. Uigginsning surati esa National Geographic veb-saytida 2009-yil 4-iyun kuni joylashtirilgan[5].

2013-yil 23-iyulda Janet Salsman Asperita bulutlarini Kanadada joylashgan Yangi Shotlandiya janubiy qirgʻoqlari boʻylab suratga oladi. 2013-yil 28-oktabrda Tuskaluza (Alabama, Qoʻshma Shtatlar) ustidan asperita buluti qatlami paydo boʻladi[8]. 2014-yil 7-iyul kuni Nebraska shtati, Linkoln shahridagi asperita bulutlari Aleks Shuet tomonidan suratga olindi[9]. Eng dramatik tuzilmalardan biri 2005-yilda Yangi Zelandiyada Witta Priester tomonidan qoʻlga kiritiladi. Fotosurat NASA tomonidan kunning astronomiya surati sifatida eʼlon qilinadi va juda katta tafsilotlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Chunki ushbu suratda quyosh nurlari Asperita toʻlqinli bulutlarni qisman yon tomondan yoritib turardi[10].

Butunjahon meteorologiya tashkilotining (BMT) 2017-yilgi Xalqaro bulutlar atlasida asperita bulut turi ham kiritiladi[11]. Pretor-Pinney 2017-yilda Jenevada boʻlib oʻtga Butunjahon meteorologiya kunida qayta ishlab chiqilgan bulutlar atlasini taqdimotini oʻtkazadi. Qirollik meteorologiya jamiyatining Weather jurnalida chop etilgan ushbu maqolaning hammuallifi boʻlmish Pretor-Penney Reading universitetining meteorologiya boʻlimi olimlari bilan birgalikda asperitalarning paydo boʻlish ehtimoli boʻlgan mexanizmlar boʻyicha ish olib boradi[12].

  1. „PICTURES: New Cloud Type Discovered?“. National Geographic. National Geographic News (3-iyun 2009-yil), s. National Geographic.
  2. „Asperatus: gathering storm to force new cloud name“. The Guardian (2-iyun 2009-yil).
  3. „New cloud type discovered undulus asperatus“.
  4. „Clouds supplementary features asperitas“.
  5. 5,0 5,1 „Iowa Woman's Photo Sparks Push for New Cloud Type“.
  6. „Wiggins olgan asperatus suratlari galereyasini bulutlarni asrash jamiyatiga yubordi.“.
  7. „Asperatus: gathering storm to force new cloud name“. The Guardian.
  8. James Spann https://plus.google.com/108868884822043573742/posts/gBbvhByxGW8
  9. Alex Schueth https://www.youtube.com/watch?v=Jz7BgxrVmiQ
  10. „NASA's report about asperatus“.
  11. „Clouds supplementary features asperitas“.
  12. Harrison, R. Giles; Pretor‐Pinney, Gavin; Marlton, Graeme J.; Anderson, Graeme D.; Kirshbaum, Daniel J.; Hogan, Robin J. (2017). „Asperitas – a newly identified cloud supplementary feature“ (PDF). Weather (inglizcha). 72-jild, № 5. 132–141-bet. doi:10.1002/wea.2996. ISSN 1477-8696.