Arkadiy Alov
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Arkadi Ivanovich Alov | ||
Tavallud sanasi | 4-dekabr 1914-yil | ||
Tavallud joyi | Yaroslavl viloyati Rossiya imperiyasi | ||
Vafot sanasi |
24-may 1982-yil (67 yoshda) | ||
Vafot joyi | Sankt-Peterburg, Rossiya SFSR | ||
Boʻyi | 1.76 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1929—1936 | Kirovsky Zavod Leningrad | ||
1937 | Avangard Leningrad | 11 | (6) |
1938—1947 | Dynamo Leningrad | 107 | (31) |
1949—1950 | Zenit Leningrad | 10 | (0) |
Total | 128+ | (37+) | |
Boshqargan klublari | |||
1954—1955 | FShM Leningrad (jamoa boshligʻi) | ||
1956—1957 | Zenit Leningrad | ||
1957—1960 | Skorokhod Leningrad | ||
1961—1964 | Sokol Leningrad | ||
1965—1966 | Dynamo Leningrad | ||
1967 | Zenit Leningrad | ||
1969—1970 | Neftchi Fargʻona | ||
1971—1976 | Kirovets Leningrad | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Arkadiy Ivanovich Alov (1914-yil 21-noyabr, Tarasovo qishligʻi, hozirgi Yaroslavl viloyati[1], Rossiya imperiyasi – 1982-yil 24-may, Leningrad, RSFSR, SSSR) – sovet futbolchisi va murabbiyi. SSSR sport ustasi (1966).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arkadiy 1930—1940-yillarda Leningradning „Dinamo“ jamoasining yetakchi oʻyinchilaridan biri boʻlgan. SSSR chempionatining A guruhi / Birinchi guruhida u „Dinamo“ tarkibida 96 ta oʻyin oʻtkazgan va 25 ta gol urgan.
1946-yil 23-mayda „Torpedo“ jamoasiga qarshi uy uchrashuvida Moskvaning „Torpedo“ hujumchisi Aleksandr Sevidovga ogʻir jarohat yetkazdi va natijada Aleksandr faoliyatini yakunlagan. Alov dastlab mavsum oxirigacha diskvalifikatsiya qilingan edi, biroq bir necha oydan soʻng yana oʻynashga ruxsat berilgan. 1949—1950-yillarda u „Zenit“ safida oʻynagan, ammo jamoa safida atigi 10 ta oʻyin oʻtkazgan[2].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, P. F. Lesgaft nomidagi GOLIFC qoshidagi murabbiylik maktabini tamomlagan. Bir necha yil FSMda murabbiy boʻlib ishlagan. Ikki marta 1956—1957 va 1967-yilda „Zenit“ bosh murabbiyi, 1967-yilda jamoa rahbari boʻlgan. 1967-yilda jamoa chempionatda soʻnggi, 19-oʻrinni egallagan va faqat Oktyabr inqilobining 50 yilligini nishonlash tufayli birinchi „A“ guruhida qolgan.
1969-yilda Fargʻonaning „Neftyanik“ jamoasida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Arkadiy murabbiylik faoliyatidan tashqari hakamlik bilan ham shugʻillangan va oliy toifali toifali hakam hisoblangan. 1960—1964-yillarda „A“ toifasida 42 ta uchrashuv oʻtkazgan.
Ulugʻ Vatan urushi yillarida Leningrad militsiyasida xizmat qilgan. Arkadiy 1942-yil 31-may va 7-iyunda Leningraddagi blokada oʻyinlarini tashkil qilgan va qatnashgan. 31-may kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda „Dinamo“ tarkibida N-sky zavodi darvozasiga 2 ta gol urgan. „Leningrad mudofaasi uchun“ medali bilan taqdirlangan (1943). Alov Sankt-Peterburgdagi Poroxov qabristoniga dafn etilgan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Буква «А»“. 27-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2009-yil.
- ↑ „Статистика на сайте zenit-history.ru“. 4-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktyabr 2013-yil.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Arkadiy Alov Footballfactsru saytida
- 4-dekabrda tugʻilganlar
- 1914-yilda tugʻilganlar
- Yaroslavl viloyatida tugʻilganlar
- 24-mayda vafot etganlar
- 1982-yilda vafot etganlar
- Sankt-Peterburgda tugʻilganlar
- Sankt-Peterburgda vafot etganlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- FC Dinamo Sankt-Peterburg futbolchilari
- FC Zenit Saint Petersburg futbolchilari
- SSSR futbol murabbiylari
- Neftchi futbol klubi murabbiylari
- SSSR futbol hakamlari
- FC Zenit Sankt-Peterburg murabbiylari
- SSSR sport ustasi