Artashes Karapetyan
Artashes Karapetyan | |
---|---|
Tavalludi |
1913-yil, 5-dekabr |
Vafoti |
1994-yil Moskva |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Artashes Sergeevich Karapetyan (1913-yil, 5-dekabr,Fargʻona viloyati, Andijon – 1994-yil, Moskva) – erkin va klassik kurashchi, 1943-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 1957-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Artashes Karapetyan 1947-yili Butun ittifoq toifali sudya va 1957-yilda esa Butun ittifoq toifasi faxriy sudyasi boʻlgan.
1928-yildan kurash bilan shugʻullana boshlagan[1].
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1985-yilning 4-iyun kuni II darajali Ikkinchi jahon urushi ordeni bilan taqdirlangan.
„Kurashchi-murabbiy eslatmalari“ kitobning muallifi[2].
1938—1941-yillarda yengil vazn toifasida Yunon-rum kurashi boʻyicha SSSR chempioni, 1944, 1947 va 1948-yillarda SSSR chempionatlarining 2-oʻrin sovrindori, 1945-yil yengil vaznda 3-oʻrin SSSR chempionati gʻolibi.
Erkin kurash boʻyicha SSSR chempioni.
Artashes Karapetyan 1994-yili Moskvada vafot etgan va Vagankovskiy qabristoniga dafn etilgan[3].
Sport natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yunon-rum boʻyicha SSSR chempionati 1938-yil
SSSR yunon-rum chempionati 1941-yil
Yunon-rum boʻyicha SSSR chempionati 1944-yil
SSSR yunon-rum chempionati 1945-yil
Yunon-rum boʻyicha SSSR chempionati 1947-yil
Yunon-rum boʻyicha SSSR chempionati 1948-yil
Erkin kurash boʻyicha SSSR chempionati 1945-yil
Erkin kurash boʻyicha SSSR chempionati 1947-yil
Erkin kurash boʻyicha SSSR chempionati 1948-yil
Erkin kurash boʻyicha SSSR chempionati 1949-yil
Erkin kurash boʻyicha SSSR chempionati 1951-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Карапетян Арташес Сергеевич“. ru.hayazg.info. Энциклопедия фонда «Хайазг». 2016-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-iyul.
- ↑ Vo Vsesoyuznom komitete // Советский спорт (gazeta). – 27 maya 1947, № 42. – s. 2.
- ↑ „Карапетян Арташес Сергеевич“. sport-strana.ru. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-iyul.