Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Apostollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apostollar (yun. apostolos — elchi; islomda havoriy — shogird, izdosh maʼnosida) — ilk xristianlikning shakllanish davrida darbadar diniy targʻibotchilar. Apostollar hali ruhoniylar paydo boʻlmagan davrlarda jamoadan jamoaga koʻchib targʻibot yuritib, xristian dinining yoyilishida asosiy rol oʻynaganlar. Keyinchalik yepiskoplyar paydo boʻlgach, apostollar yoʻqolgan. Apostollar nomi faqat Iso Masihning shogirdlari hisoblangan 12 kishidagina (Ioann, Matfey, Pyotr, Pavel, Mark, Iakov, Iuda va boshqalar) saqlanib qolgan. Ularning dinni targʻib qilish maqsadida boshqa xalqlar nomiga yozgan xatlari (poslaniya), shuningdek ularning faoliyati bayon etilgan „Apostollarning qilmishlari“ kabi asarlar Bibliya rasmiy kanonining „Yangi ahd“ qismiga kiritilgan. Apostollardan Pyotr katolik xristianlari tasavvurida cherkov va papalar diniy hokimiyatining asoschisi hisoblanib, Rim papalari oʻzlarini Pyotr taxtining merosxoʻrlari deb daʼvo qiladilar. Xristianlik tarixi sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida 12 apostolning koʻpi tarixiy shaxslar emasligi aniqlangan. Ular toʻgʻrisida aniq tarixiy maʼlumotlar yoʻq.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil