Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Baranov (harbiy rahbar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Baranov
Tavalludi 13-may 1946-yil (1946-05-13) (78 yosh)
Fuqaroligi SSSRSovet Ittifoqi→RossiyaRossiya
Kasbi Harbiy amaldor
Armiya generali A. I. Baranov 58-armiya, Kapustin Yar poligonining qoʻmondonlik shtab mashgʻulotlarida.

Baranov Aleksandr Ivanovich (1946-yil 13-may, Kegeyli, Qoraqalpogʻiston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) – sovet va rus harbiy qoʻmondoni, armiya generali (2004). Rossiya Federatsiyasi Qahramoni (2000). Volga-Ural harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni (2001—2004), Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni (2004—2008).

Harbiy xizmat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1963-yildan Sovet armiyasi tarkibida. 1967-yilda V. I. Lenin nomidagi Toshkent Oliy qoʻshma qurolli qoʻshinlar qoʻmondonlik bilim yurtini tamomlagan. Aleksandr Kavkazorti harbiy okrugi qoʻshinlarida razvedka guruhiga, vzvodga, batalyonga qoʻmondonlik qilgan.

1977-yilda M. V. Frunze nomidagi harbiy akademiyani oltin medal bilan tamomlagan. Germaniyadagi Sovet qoʻshinlari guruhida shtab boshligʻi – oʻqotar polk komandirining oʻrinbosari, oʻqotar polk komandiri, shtab boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 1984—1987-yillarda – diviziya qoʻmondoni, 1987-yildan – Karpat harbiy okrugidagi 8-tank armiyasi qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari. 1991-yilda K. E. Voroshilov nomidagi Qurolli Kuchlar Bosh shtabining Harbiy akademiyasini oltin medal bilan tamomlagan.

Rossiya Federatsiyasida harbiy xizmat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil iyuldan – Volga harbiy okrugidagi 2-gvardiya tank armiyasining qoʻmondoni. 1996-yil dekabrdan – shtab boshligʻi – Volga harbiy okrugi qoʻmondonining 1-oʻrinbosari lavozmilarida ishlagan.

1999-yil sentyabr oyida u Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi shtab boshligʻi qoʻmondonning 1-oʻrinbosari etib tayinlangan. Shu bilan birga, u Shimoliy Kavkazdagi Federal kuchlar birlashgan guruhining shtab boshligʻi boʻlgan. Rossiya qoʻshinlarining Dogʻiston va Chechen Respublikasidagi chechen qurolli toʻdalariga qarshi harbiy operatsiyalari, shu jumladan Grozniyga bostirib kirgan qoʻshin rahbarlaridan biri.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2004-yil 19-iyuldagi farmoni bilan u Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni etib tayinlangan

2008-yil 26-maydan nafaqaga chiqqan.

Oilali. Bir nafar oʻli va qizi bor. Samara shahrida istiqomat qiladi.

2015-yilda Samara shahridagi 149-sonli oʻrta maktabga Rossiya Federatsiyasi Qahramoni, armiya generali A. I. Baranov nomi berilgan[1].

2000-yil 2-fevralda kechki yangiliklarda Fotima Bazorkina oʻgʻli Xoji-Murat Yandiyevning federal askarlar tomonidan hibsga olingani tasvirlangan tasvirlarni koʻrgan. U yerda boʻlgan general-polkovnik Aleksandr Baranov askarlarga shunday degan: „ Uni qamoqqa olib boring, otib tashlang, bu ishni tugating – bu buyruq. Uni bu yerdan olib keting. Harakat qiling, harakat qiling, keling, uni olib keting, tugating, otib tashlang. Keyin askarlar Yandiyevni qanday olib ketishayotganini koʻrishingiz mumkin. Shundan soʻng u izsiz gʻoyib boʻlgan va uning jasadi hech qayerdan topilmagan. 2006-yilda Yevropa sudi Yandiyevning noqonuniy hibsga olinishi va oʻldirilishi hamda uning gʻoyib boʻlishi boʻyicha tegishli tergov oʻtkazilmagani uchun Rossiya hukumatini javobgar deb topgan[2][3].