Ajwain
Ajwain | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
O‘simliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Asterids | |
Apiales | |
Ziradoshlar | |
Trachyspermum | |
T. ammi
| |
Binar nomi | |
Trachyspermum ammi | |
Sinonimlar | |
Ajwain, ajowan[1] (/ˈædʒəwɒn/) yoki Trachyspermum ammi — ajovan, zira, omam (tamil tilida), timol urugʻi, yepiskop oʻti nomi bilan tanilgan ziradoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt[2]. Oʻsimlikning barglari va urugʻi odamlar tomonidan isteʼmol qilinadi[3].
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajwainning mayda, oval shaklidagi, urugʻga oʻxshash mevalari och jigarrang rangda boʻlib, ular ziradoshlar oilasiga mansub zira va arpabodiyon kabi boshqa oʻsimliklarning urugʻlariga oʻxshaydi. Ular achchiq va oʻtkir taʼmga ega, taʼmi arpabodiyon va oreganoga oʻxshaydi[3].
Oʻstirish va ishlab chiqarish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajwain quruq va unumsiz boʻlgan hududlarda oʻsishga moyildir. Bu ziravorlar Misrga xosdir, lekin Janubiy va Gʻarbiy Osiyoning koʻplab qismlarida, jumladan Eron, Hindiston, Pokiston va boshqa mamlakatlarda yetishtiriladi. Gujarat va Rajastan Hindistonning ajwain yetishtirish bilan mashhur boʻlgan mintaqalaridir[4].
Pazandachilikda foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mevalar kamdan-kam hollarda xom holda isteʼmol qilinadi. Ular odatda quruq yoki yog‘da qovutilgan holatda isteʼmol qilinadi, bu ziravorning yanada nozik va murakkab ta‘mli bo‘lishiga imkon beradi. U Hindiston yarimorolining oshxonasida ko‘p qoʻllanadi. Afgʻonistonda mevalar non va pechene ustiga sepiladi[5].
Ajwain urugʻlarni limon sharbati va qora murch bilan aralashtirib, keyin quritganda ogʻizni tozalash vositasi sifatida ham ishlatish mumkin[6].
Dori sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajwain odamlarda kasallikka qarshi xususiyatlarga ega ekanligi haqida juda kam klinik dalillar mavjud. Ajwain kapsulalarda, suyuqlik yoki kukun ko‘rinishida sotiladi.
Ajwainni oʻsimlik aralashmalarida ogʻiz orqali ishlatish samarali yoki xavfsiz ekanligi haqida hech qanday dalil yoʻq.
Salbiy taʼsirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Homilador ayollarga homila rivojlanishiga salbiy taʼsis ko‘rsatishi mumkinligi tufayli ajwainni ishlatmasliklari kerak va uni emizikli ayollar iste‘mol qilishi tavsiya etilmaydi. Ogʻiz orqali qabul qilingan yuqori miqdorda yepiskop oʻti zaharli hisoblanadi va oʻlimga olib kelishi mumkin.
Efir moyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ajwain mevalarini gidrodistillash orqali asosan timol, gamma-terpinen, p-simen va 20 dan ortiq birikmalardan iborat efir moyi olinadi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ajowan - Definition of ajowan in English by Oxford Dictionaries“. Oxford Dictionaries - English. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ajwain“. Digital Herbarium of Crop Plants (2016-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
- ↑ 3,0 3,1 Aliza Green. Field Guide to Herbs & Spices: How to Identify, Select, and Use Virtually Every Seasoning at the Market. Quirk Books, January 2006 — 116–117-bet. ISBN 978-1-59474-082-4.
- ↑ Bairwa, Ranjan; Sodha, R. S.; Rajawat, B. S. (2012). "Trachyspermum ammi". Pharmacognosy Reviews 6 (11): 56–60. doi:10.4103/0973-7847.95871. ISSN 0973-7847. PMID 22654405. PMC 3358968. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3358968.
- ↑ Alan Davidson. The Oxford Companion to Food. Oxford University Press, 2014 — 9–-bet. ISBN 978-0-19-967733-7.
- ↑ „Health Benefits of Carom Seeds: The use of carom seeds in Indian cuisine, health benefits and culinary uses“ (en). The Times of India (2021-yil 1-iyul). Qaraldi: 2022-yil 5-yanvar.
- ↑ Singh, Gurdip; Maurya, Sumitra; Catalan, C.; de Lampasona, M. P. (June 2004). "Chemical Constituents, Antifungal and Antioxidative Effects of Ajwain Essential Oil and Its Acetone Extract". Journal of Agricultural and Food Chemistry 52 (11): 3292–3296. doi:10.1021/jf035211c. PMID 15161185.