Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Air Canada

Air Canada
IATA ICAO Identifikatori
AC ACA Air Canada
Tashkil topgan 1937-yil 10-aprel
Havo tuguni Pirson (Toronto),
Pyer Eliot Tryudo (Monreal), Vankuver
Qoʻshimcha havo tuguni Kalgari
Alyansi Star Alliance
Park hududi 159 (2021-yil iyul oyiga kora) [1]
Bosh qarorgohi  Kanada Monreal
Muhim shaxslar Colin Ravenescue (Prezident)
Sayti http://www.aircanada.com/

Air Canada (TSX: AC.A , TSX: AC.B) Kanadaning eng yirik aviakompaniyasi boʻlib, Star Alliance[1] asoschilaridan biri hisoblanadi. Aviakompaniyaning bosh aeroporti Monreal shahrida joylashgan boʻlib. Air Canada yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha dunyoning 207 ta yoʻnalishida rejali va charter reyslarini amalga oshiradi. Asosiy markazlar — Torontodagi Pearson aeroporti, Monrealdagi Per Eliot Trudeau aeroporti va Vankuver[2] aeroporti. Qoʻshimcha markazlar esa Kalgari aeroportida joylashgan.

Kompaniya 1937-yilda[3] Trans-Canada Airlines (TCA) sifatida tashkil etilgan va 1964-yilgacha shunday boʻlib qolgan. Aviakompaniya 1938-yilda transkontinental parvozlarni amalga oshira boshladi. 1949-yilda kompaniyaning asosiy aeroportini Vinnipegdan (Manitoba) hozirda joylashganMonrealga koʻchib oʻtadi. 1984-yil iyul oyidan boshlab kompaniya mijozlarini mukofotlash uchun Aeroplan dasturi joriy qilinadi. 1997-yilda u bir nechta aviakompaniyalar bilan Star Alliance kompaniyasiga asos solgan. 2000-yilda kompaniya Kanadaning ikkinchi yirik aviatashuvchisi Canadian Airlines ni sotib oladi. 2003-yilda aviakompaniya bankrotlikdan himoya qilish uchun daʼvo qiladi va keyingi yili ACE Aviation Holdings Inc sifatida qayta tashkil etiladi.

2021-yil iyul oyida Air Canada aviaparki oʻrtacha yoshi 9,7 yil boʻlgan 159 ta samolyotdan iborat edi[4]:

Air Canada floti
Samolyot turi Ekspluatatsiyada Buyurtma qilingan Yolovchi sigʻimi Eslatmalar
Biznes Premium Ekonom Jami
Airbus A220-300 24 12 125 137
Airbus A320-200 18 14 132 146
Airbus A321-200 15 14 169 183
Airbus A330-300 16 30 21 255 306
Boeing 737 MAX 8 24 16 153 169
Boeing 737 MAX 9 M/Y
Boeing 767-300ER 19 24 187 211
Boeing 777-200LR 6 40 24 236 300
Boeing 777-300ER 19 40 24 336 400
28 24 398 450
Boeing 787-8 8 20 21 210 251
Boeing 787-9 29 30 21 247 298
Jami 159

Birlashgan kompaniyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Air Canada Express
  • Air Canada Cargo
  • Air Canada Rouge
  • Air Ontario
  • Air Tango
  • Air BC
  • Air Nova
  • Sky Regional Airlines
  • Zip

Air Canada Kanada, Qoʻshma Shtatlar, Lotin Amerikasi, Yevropa, Avstraliya va Osiyodagi 98 ta yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi. Air Canada Jazz bilan hamkorlikda esa 160 ta yoʻnalishga parvozlar amalga oshirilmoqda.

Yoʻlovchi tashish boʻyicha rekordlar 2006 va 2017-yillarda boʻlib 34 va 48 million yoʻlovchi tashilgan.

  1. „Star Alliance Member Airline – Air Canada“. Star Alliance. 17-aprel 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2009-yil.
  2. "Investors Contacts (Wayback Machine saytida 4-fevral 2016-yil sanasida arxivlangan)" Air Canada. Retrieved on 18 May 2009.
  3. „Timeline – Air Canada's 80th Anniversary“. moments.aircanada.com. 27-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2017-yil.
  4. „https://www.planespotters.net/airline/Air-Canada“. www.planespotters.net. 2-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2021-yil.