Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Abraziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abraziya (lotincha: „abrasio“ — qirish) — biror aʼzo boʻshligʻidagi massani uning ichki devori bilan birga qirib olib tashlash; masalab, bachadon shilliq qavatini qirish; Abraziya abort chogʻida bachadonda homila boʻlaklari qolganda, platsentar polip tufayli qon ketganda, tugʻruqdan soʻng yoʻldosh yoki homila pardasi boʻlaklari qolganda qoʻl bilan tozalash imkoniyati boʻlmagan hollarda qoʻllanadi. Tanosil aʼzolari yalligʻlanganda, bachadon fibromiomasida, bachadondan tashqari homiladorlikda, isitma bilan kechadigan abortda abraziya qilinmaydi[1].

  1. "Abraziya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil