Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Abon ibn Usmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abon ibn Usmon
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 724-yil (hijriy 105-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, muhaddis, tobeʼin

Abon ibn Usmon (arabcha: أبان بن عثمان — Abu Saʼid Abon ibn Usmon ibn Affon al-Umaviy al-Madaniy) — faqih, muhaddis, tobeʼin.

Xalifa Usmon ibn Affonning o‘g‘li Abon ibn Usmon Madina shahar voliysi, o‘z davrining imomi, so‘z va rivoyatlari ishonchli hadis roviyi, faqih bo‘lgan.

Abon ibn Usmon otasidan, Zayd ibn Sobitdan hadis eshitgan. Kam hadis rivoyat qilgan. Olimdan Amr ibn Dinor, az-Zuhriy, Abu-z-Zinod va boshqalar rivoyat qilganlar. Molikning aytishicha, Abdulloh ibn Abu Bakrning otasi Abu Bakr ibn Hazm qozilikni Abondan taʼlim olgan. Shamsuddin az-Zahabiy o‘zining „Si­yar aʼlām an-nubalā“ asarida Abon ibn Usmon otasidan rivoyat qilgan hadisni keltirgan. Ushbu sahih hadisni Abon ibn Usmondan Munzir ibn Abdulloh al-Hizomiy va Muhammad ibn Kaʼb al-Quraziylar rivoyat qilganlar. Imom at-Termiziy hadis olingan manbalarni o‘rganib, uni hasan sahih hadis, degan.

Yetti yil Madina shahrida voliylik qilgan. Elchi sifatida xalifa Abdulmalik ibn Marvon huzuriga borgan.

Ibn Saʼd o‘z „Tabaqātida aytadi:

Abon siqa (so‘z va rivoyatlari ishonchli)dir, otasidan rivoyat qilgan hadislari mavjud.

Yahyo al-Qatton Madina shahri faqihlari o‘n nafar ekanini taʼkidlab, ularning avvalida Abon ibn Usmon nomini zikr qilgan.

Amr ibn Shuayb Abon ibn Usmonga baho berarkan, shunday degan[1]:

Hadis va fiqh ilmida Abon ibn Usmondan olimrog‘ini ko‘rmadim.

  • Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasa ar-risola“, 1985. IV, 351;
  • Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: „Dor Sodir“, 1968. V, 152;
  • Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 55-56;
  • Salahattin Polat. „Ebân b. Osman b. Affân“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 66-67.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.