Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Anton Shox

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anton Roxusovich Shox
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi ruscha: Антон Рохусович Шох
Tavallud sanasi 5-yanvar 1960-yil
Tavallud joyi Taraz, Jambul viloyati, Qozogʻiston SSR
Vafot sanasi 7-mart 2009-yil(2009-03-07)
(49 yoshda)
Vafot joyi Oʻskemen, Qozogʻiston
Boʻyi 188 cm (6 ft 2 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1978—1979 Ximik
1979—1985 Qayrat 86 (21)
1986—1989 Dnepr 86 (5)
1990 LASK (0)
1990 Metallurg 25 (2)
1991 Xapoel Safririm
1992 Rotor 14 (0)
1992 Vorskla 0 (0)
1992 Niva 2 (0)
1993 Kremen 2 (0)
1994–1995 MFC Mykolaiv 11 (3)
Milliy terma jamoa
1979 Qozogʻiston SSR
Boshqargan klublari
1995–1996 MFC Mykolaiv (yordamchi)
1997 FC Spartak-Orekhovo Orekhovo-Zuyevo (yordamchi)
1998 Navbahor Namangan (yordamchi)
2000–2001 FC Sokol Saratov (yordamchi)
2002 FC Rotor Volgograd (yordamchi)
2003 FC Rotor Volgograd (yordamchi)
2004 FC Ekibastuzets (yordamchi)
2005 Qozogʻiston U21
2007 FC Sodovik Sterlitamak (yordamchi)
2009 FC Atyrau
2009 Qozogʻiston U21
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anton Roxusovich Shox (1960-yil 7-yanvar, Jambil — 2009-yil 7-mart, Ust-Kamenogorsk[1]) — SSSR va Qozogʻistonlik futbolchi va futbol murabbiyi.

Kelib chiqishi Volga boʻyidan kelgan nemis. Otasi Shox Rohus 50-yillarda qatagʻonga uchrab, 2000-yilda oqlangan.[2]

1978-yili „Ximik“da faoliyatini boshlagan. U birinchi oʻyinini 1979-yil 24-mayda „Meliorator“ga qarshi oʻtkazdi, toʻqson daqiqa oʻynadi va bitta gol urdi.

1979—1985-yillari „Qayrat“da oʻynab, 170 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi. „Qayrat“ safidagi ilk oʻyinini 1979-yil 1-sentabrda "Shaxtyor" (Donetsk) jamoasiga qarshi oʻtkazib. U oʻsha yilning 17-oktabrida "Zarya„ darvozasiga ilk golini urgan, oʻyin 1:1 hisobida durang bilan tugagan. U ikkinchi golini oʻsha yilning 16-noyabrida “Lokomotiv" darvozasiga kiritdi. U 1985-yilda SSSR chempionatida sakkizta gol muallifiga aylandi. Uning „Qayrat“ safidagi soʻnggi oʻyini 1985-yil 19-noyabrda oʻzining boʻlajak klubi „Dnepr“ga qarshi oʻtkazilgan boʻlib, Shox bitta gol urib, 80-daqiqada almashtirilgan. Mazkur bahsda „Qayrat“ 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.[3]

1986-yili „Dnepr“ga oʻtdi. „Dnepr“ safidagi ilk oʻyinini 16-martda „Zenit“ga qarshi oʻtkazdi. Taqdir taqozosi bilan u dneprliklar safidagi ilk golini oʻsha yilning 2-may kuni „Qayrat“ darvozasiga kiritdi, Olmaotadagi oʻyin 2:2 hisobida yakunlangandi. 17-sentabr kuni u UEFA kubogining birinchi bosqichi boʻlgan "Legiya"ga qarshi Yevropa turnirlarida debyut qildi.

1988-yil 8-martda „Dinamo Kiyev“ga qarshi oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushdi. SSSR chempioni boʻldi.

1990-yilda Avstriyaning LASK klubi bilan shartnoma imzoladi. Keyinchalik u yana SSSR, Ukraina va Finlandiya klublarida oʻynab, 1995-yilda faoliyatini yakunladi. Oʻsha yili Ukrainaning „Evis“ klubida murabbiylik faoliyatini boshlagan.

2004-yili 19 yillik tanaffusdan soʻng Qozogʻiston futboliga qaytdi, „Atirau“ning bosh murabbiy etib tayinlandi. 2004-05-yillarda Qozogʻiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Timofeevning yordamchisi boʻlgan. Ayni vaqtda Qozogʻiston yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ham ishlagan.

2009-yilda yana u „Atirau“ jamoasiga, keyin Qozogʻiston yoshlar terma jamoasiga murabbiy boʻldi. Oʻsha yilning mart oyida u „Vostok“ — „Atirau“ uchrashuvidan soʻng toʻsatdan vafot etdi. U Volgoradda, ota-bobolari yonida dafn etilgan.

Dnepr
  • SSSR chempioni: 1988
  • SSSR chempionatining kumush medali sovrindori: 1987, 1989
  • SSSR kubogi: 1989