Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Amr Diyab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amr Diyab
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1961-yil 11-oktabr
Fuqaroligi Misr
Turmush oʻrtogʻi Shereen Reda va Dina El Sherbiny
Janr arabcha pop, inglizcha pop
Amplua Qoʻshiqchi, bastakor va aktyor
Faoliyat yillari 1983–hozirgacha
Veb-sayt amrdiab.net

Amr Diyab (1961-yil 11-oktyabr — hozirgacha) — misrlik qoʻshiqchi, bastakor va aktyor boʻlib, eng mashhur arablar Top 30 taligidan joy olgan.

Amr Diyab(arabcha عمرو عبد الباسط عبد العزيز دياب) Misrning Port-Said shahrida oʻrtahol musulmon oilasida dunyoga kelgan. 1986-yilda Qohira sanʼat akademiyasining musiqa yoʻnalishini tamomlab, bakalavr diplomini qoʻlga kiritgan. 1994-yilda misrlik aktrisa Sharin Reda bilan turmush qurgan. Hozirda 4 nafar farzandi bor.

Uning „Ya Toriq“ deb nomlangan ilk musiqiy albomi 1983-yilda muxlislarga taqdim etilgan. Shundan soʻng uning „Gʻonniy min qolbik“(1984), „Ya halva“(1985), „Hala hala“(1986), „Habibi“(1991), „Nur ul-ayn“(1996), „Allim qolbiy“(2003), „Allayla“(2013) va „Sahron“(2020) kabi albomlari chiqqan. Amr Diyab oxirgi albomini "Ya ana ya la"ni 2021-yilda tamomlagan. Bundan tashqari Amr Diyab bir qancha kinolarda ham rol ijro etgan. Quyida ularning nomi va suratga olingan yili keltiriladi:

  • „Sajiynatani“ 1988-yil;
  • „Afariyt“ 1990-yil;
  • „Ays krim fiy jlim“ 1992-yil;
  • „Dohk va laʼb“ 1993-yil

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Ya Toriq“(1983)
  • „Gʻonniy min qolbik“(1984)
  • „Hala hala“(1985)
  • „Habibi“(1986)
  • „Nur ul-ayn“(1991)
  • „Allim qolbiy“(2003)
  • „Allayla“(2013)
  • „Sahron“(2020)
  • „Ya ana ya la“(2021)

1996-yilda „Nur ul-ayn“ albomi tufayli Jahon musiqa mukofotini qoʻlga kiritgan. Aynan shu mukofot bilan 1997-2001-2007-2014-2020-yillarda qayta-qayta taqdirlangan. 2009-2010-yillarda esa Afrikaning musiqa boʻyicha taʼsis etilgan 6 ta mukofotiga erishgan. 2016-yilga kelib dunyo boʻyicha eng koʻp mukofotga ega boʻlgan qoʻshiqchi sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

  1. amrdiab.net
  2. Amr Diab World (arxiv)
  3. Amr Diyab IMDbda Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash

„Egypt’s megastar Amr Diab to perform live in Riyadh on February 24“ (21-fevral 2022-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2022-yil.