Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Chop Suey!

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Chop Suey!“
System of a Down qoʻshigʻi
„Toxicity“ albomidan
B tomon „Johnny“
Chiqarilgan sanasi 13-avgust 2001-yil[1]
Yozib olingan fevral 2001 – mart 2001
Studiya Cello Studios, Gollivud, Kaliforniya, AQSh
Janr
Davomiyligi 3:30
Leybl
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
System of a Down singllari xronologiyasi
„Spiders“
(1999)
Chop Suey!
(2001)
„Toxicity“
(2002)
Klipi
„Chop Suey!“ YouTubeda

Chop Suey!“ (tarjimasi„chap-choy“) — AQShda tuzilgan „System of a Down“ xevi-metal guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning „Toxicity“ nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. Tarona 2001-yilning avgustida singl oʻlaroq chiqarilgan. „Chop Suey!“ qoʻshigʻi „System of a Down“ repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biri boʻlib, guruhning „tashrif qogʻozi“ oʻlaroq koʻriladi.

Qoʻshiq uchun guruh 2002-yil „Eng yaxshi metal ijro“ (inglizcha: Best Metal Performance) nominatsiyasida „Grammy“ mukofoti bilan taqdirlangan. „Loudwire“ nashri tuzgan „XXI asrning eng yaxshi xard-rok qoʻshiqlari“ roʻyxatida „Chop Suey!“ qoʻshigʻi birinchi oʻrinni egallagan. „Loudwire“ jurnali ham, „Kerrang!“ jurnali ham taronani „System of a Down“ guruhi ijro etgan eng yaxshi qoʻshiq deb topgan[5][6].

Qoʻshiq mualliflaridan biri hamda guruh aʼzosi Daron Malakian qoʻshiq odamlar qanday oʻlishiga qarab boshqalar ularga turli munosabatda boʻlishi haqida ekanligini aytgan[7]. Qoʻshiqdagi ayrim misralarni qoʻshiq hammualifi va guruh solisti Serj Tankian ashulaga prodyuserlik qilgan Rick Rubin kutubxonasidagi kitoblardan olgan[8].

„Chop Suey!“ qoʻshigʻi dastlab „Suicide“ (tarjimasi„suitsid“) deb nomlangan, ammo „Columbia Records“ guruhni qoʻshiq nomini oʻzgartirishga majburlagan[9][10]. Qoʻshiqqa xitoycha taom — chap-choy (inglizcha: chop suey) nomi berilishi soʻz oʻyinidir: „suey“ soʻzi „suicide“ soʻzi bilan tenglashtirilgan bo'lib, bu soʻzning yarmi „kesib tashlangan“ (inglizcha: chopped)[10]. Ammo guruh aʼzolari qoʻshiq nomi majburan oʻzgartirilmaganini, balki oʻzlari mustaqil ravishda oʻzgartirishganini aytishgan[10]. Albomga kiritilgan versiyada qoʻshiq boshida barabanchi John Dolmayan sanar ekan, Tankian „Suicide“ ashulasini ijro etyapmiz, deb aytganini eshitish mumkin.

Qoʻshiq uchun taniqli rejissyor Marcos Siega klip suratga olgan. Unda guruh aʼzolari koʻp sonli muxlislar oldida ijro etayotganini tasvirlangan. Kadrlarning birida Tankian chap-choy isteʼmol qilayotganini koʻrish mumkin. Bu qoʻshiq nomiga yagona ishoratdir. Klip YouTubeda bir milliard martadan koʻp koʻrilgan ilk metal janridagi klipdir.

  1. Wiederhorn, Jonn „System Of A Down's Schizophrenia Aggravated On Toxicity“. MTV (2001-yil 13-avgust). — „The first single from Toxicity is "Chop Suey", which starts with a guitar strum and a tribal beat and segues to a serrated stop-start punk verse before drifting into an ethereal chorus colored by a bouzouki, a Greek stringed instrument.“. 2015-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-aprel.
  2. Evans, James „Crashing the Party“ (2013-yil 17-aprel). — „Not so long ago, I was frequenting an exclusive South Leamington cocktail bar. Compelled by housemates proffering a certain glowing green beverage, I was giving a passionate rendition of System of a Down’s alternative metal anthem, ‘Chop Suey’.“. 2013-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-aprel.
  3. „100 Best Albums of the 2000s“ (2011-yil 18-iyul). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-yanvar.
  4. Chesler, Josh. „10 Nu-metal Songs That Actually Don't Suck“. Phoenix New Times (2015-yil 18-may). Qaraldi: 2016-yil 13-mart.
  5. Kaufman, Spencer „10 Best System of a Down Songs“. Loudwire (2012-yil 21-avgust). Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
  6. Law, Sam „The 20 greatest System Of A Down songs – ranked“. Kerrang (2020-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
  7. Rampton, Mike „A Deep Dive into System of a Down's Chop Suey! Video“. Kerrang! (2019-yil 1-iyun). 2020-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  8. Archived at Ghostarchive and the Wayback Machine: „System of a Down: Reuniting the Band, “Protect the Land,” and Armenia | Apple Music“. YouTube.
  9. Kory Grow. „Rick Rubin: My Life in 21 Songs“. Rolling Stone (2016-yil 11-fevral). Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  10. 10,0 10,1 10,2 Archived at Ghostarchive and the Wayback Machine: „System of a Down's Shavo Odadjian - Wikipedia: Fact or Fiction?“. YouTube.