Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Chernobyl (miniserial)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chernobyl
Janri Tarixiy dramma
Yaratuvchi(lar) Craig Mazin
Rejissyor Johan Renck
Ssenariynavis(lar) Craig Mazin
Rollarda

Jared Harris Stellan Skarsgård Paul Ritter Jessie Buckley Adam Nagaitis Con O'Neill Adrian Rawlins Sam Troughton Robert Emms Emily Watson David Dencik Mark Lewis Jones Alan Williams Alex Ferns Ralph Ineson Barry Keoghan Fares Fares

Michael McElhatto
Mavsumlar soni 1
Qismlar soni 5
Qism davomiyligi 126
Efirga uzatilishi
Telekanal HBO va Sky
Tasvir formati UHDTV 2160p
Holati Tugagan.
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

Chernobyl — Amerika kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan, 25 qismdan iborat tarixiy dramma shaklidagi kichik serial sanaladi. Serial Craig Mazin tomonidan yaratilgan boʻlib, rejissori Johan Renkdir. Serialda Ared Harris, Stellan Skarsgård, Emily Watson va Paul Ritter kabi aktyor va aktrissalar roʻl oʻynashgan. Chernobil seriali Amerikaning mashhur HBO va Buyuk Britaniyaning Sky telekanallari tomonidan kelishuv asosida amalga oshirgan loyiha boʻlib, serialning dastlabki qismlari 2019-yilning 6-may kuni Amerikada, 7-may kunidan boshlab esa Buyuk Britaniyada efirga uzatila boshlanadi. Serial, 1986-yil SSSRda roʻy bergan Chernobil fojiasi va bu fojiani oldini olishga qaratilgan omonsiz kurashlarni hikoya qilib beradi.

Qoʻlga kiritgan mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Primetime Emmy mukofotining 19 ta yoʻnalishi boʻyicha nomzod qilib koʻrsatilgan serial „Eng yaxshi kichik serial“ va „Eng yaxshi ssenariy“ nominatsiyalari boʻyicha gʻolib deb topiladi. Harris, Skarsgård va Watsonlar esa „Eng yaxshi aktyorlar“ nominatsiyasida gʻolib boʻlishadi. Chernobil seriali oltin globus mukofotlari orasidan „Eng yaxshi kichik serial“ deb topilgan boʻlsa, aktyor Skarsgård „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb eʼlon qilinadi.[1][2]

Chernobil, 1986-yilning aprel oyi Ukraina SSRning Atom elektr stansiyasi (AES)ning portlashiga sababchi boʻlgan kishilar va uning oldini olish harakat qilgan insonlar haqida hikoya qilib beradi. Serial voqea joyiga birinchilardan boʻlib yetib borgan oʻt oʻchirish xodimlari, koʻngillilar va 4-reaktor ostidan tunnel qazishda ishtirok etgan kon ishchilarining fidokorona mehnati kabi voqealar va baʼzi sirli hodisalarni ochib beradi. Chernobil seriali, belarussiyalik nobel mukofotiga sazovor boʻlgan yozuvchi Svetlana Alekseyivichning „Chernobil saslari“ asaridagi Pripyat xalqining xotiralariga asoslanadi.[3]

Suratga olish ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga olish ishlari 2018-yilning aprel oyida boshlab yuboriladi. Dastlabki kadrlar 2018-yilning 13-may oyida Litva poytaxti Vilnyus shahrida, Ukrainaning Pripyat shahrini tasvirlash uchun foydalanilgan Fabijoniškės’da amalga oshiriladi.[4] Chunki bu shaharcha sovet davrining antik muhitini oʻzida saqlab qolgan edi. Chernobil AESni tasvirlash uchun esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan va „Chernobilning ukasi“ deb taʼrif etilgan Ignalina AESning binosidan foydalanishadi. Shu maqsadda film ijodkorlari Visaginas shahriga koʻchib oʻtishadi. Serialning finali Ukrainada suratga olinadi.[5] Filmni suratga olish ishlari 16 hafta davom etadi.[6]

Film musiqasi Islandiyalik bastakor Hildur Guðnadóttir tomonidan bastalanadi. Eʼtiborli jihati musiqa ovozi ishlab turgan haqiqiy AESdan yozib olingan edi.[7]

Chernobil seriali ijodkorlari Rossiyaning Kommunistik partiyasi tomonidan Sovet davlatiga boʻhton qilganlikda ayblanadi. Va serialning Rossiyaga kirishini taʼqiqlab qoʻyilishni soʻrab chiqishadi.[8] Serialning eʼlon qilinishi bilan Chernobil fojiasi yana bir bor kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylanadi.[9]

  1. "".%20GoldenGlobes.com Winners & Nominees 2020". GoldenGlobes.com. 9 Aralık 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 8 Ocak 2020.
  2. %20Ocak%202020).%20"Golden%20Globes:%20’Chernobyl'%20Wins%20Best%20Limited%20Series". Lewis, Hilary (5 Ocak 2020). „Golden Globes: 'Chernobyl' Wins Best Limited Series“. The Hollywood Reporter. 6 Ocak 2020 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 8 Ocak 2020
  3. a b Petski, Denise (26 Temmuz 2017). „'C—%20TCA“.%20Deadline%20Hollywood. hernobyl' Miniseries Starring 'The Crownʼs Jared Harris Set By HBO & Sky — TCA". Deadline Hollywood. (Wayback Machine saytida 20-fevral 2017-yil sanasida arxivlangan) 2 Nisan 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 24 Kasım 2017.
  4. a b c Littleton, Cynthia (26 Temmuz 2017). „HBO Sets 'Chernobyl' Miniseries to Star Jared Harris“. Variety. 12 Mayıs 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 24 Kasım 2017.
  5. Lapienytė, Jurgita (13 Mayıs 2018). "Fabijoniškėse filmuojamo „Černobylio“ režisierius pakeitė požiūrį į branduolinę energiją: tai pabaisa, kurios negalime suvaldyti". 15min.lt (Litvanca). 1 Nisan 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 1 Nisan 2019
  6. "Prodiuserė: HBO projektas Lietuvoje paliks ne mažiau 7 mln. eurų". 15min.lt (Litvanca). 27 Temmuz 2017. 1 Nisan 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 1 Nisan 2019.
  7. Shackleford, Tom (6 Haziran 2019). „Score For HBOʻs 'Chernobyl' Was Recorded Using Sounds From Inside A Nuclear Power Plant [Listen]“. Live For Live Music. 24 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 24 Haziran 2019.
  8. "Arşivlenmiş kopya". 14 Haziran 2019 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 15 Haziran 2019.
  9. https://yesilgazete.org/blog/2019/06/13/cernobil-dizisinin-ardindan-1-nukleer-iklim-degisikligine-care-degil/[sayt ishlamaydi]