Charles Merlin
Charles Merlin | |
---|---|
1887 | |
Tavalludi |
Charles Louis William Merlin 1821 |
Vafoti |
23-avgust, 1896-yil Campden Hill, London |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Kasbi | Diplomat, banker, antiquities trader |
Turmush oʻrtogʻi | Isabella Dorothea Green |
Bolalari | 6 |
Otasi | François Nicholas Merlin |
Onasi | Augusta Green |
Imzosi | |
Charles Louis William Merlin (1821 – 1896-yil 23-avgust) – britaniyalik bankir, diplomat va qadimiy buyumlar savdogari boʻlgan. U Britaniya muzeyi uchun ashyolar, ayniqsa yunon-rim davriga oid qadimiy buyumlarni topib kelish borasidagi faoliyati bilan tanilgan.
Londonda istiqomat qilgan fransuz aristokratlari oilasida tugʻilgan. Merlin 1836-yilda Afina porti Pireyda Britaniya konsullik xizmatiga qoʻshilgan. Keyingi besh-oʻn yil davomida Gretsiyada boʻlgan, u yerda ham Britaniyaga tegishli Ionian bankida faoliyat yuritgan va 1886-yilda bosh konsul darajasiga koʻtarilgan.
Merlinning Britaniya muzeyiga sotgan jami 460 ga yaqin obyektlari mavjud[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Charles Louis William Merlin 1821-yilda Fransua-Nikola va Avgusta Merlin oilasida tavallud topgan. Fransua-Nikolas aristokrat Filipp-Antuan Merlin de Duaining qarindoshi, Fransiya inqilobining tarafdori boʻlgan. Merlinlar oilasi inqilobdan keyin Londonga koʻchib oʻtgan. Charles Merlin Janubiy Londonda joylashgan Dulvich kollejida oʻqigan boʻlishi mumkin degan taxminlar ham mavjud[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1839-yilda Merlin Afinaning Pirey tumanida joylashgan Britaniya konsulligida xizmatchi va maʼmur boʻlib ishga kirgan. Galanakis Merlinning ishga olinishini uning fransuz va ingliz tillarida erkin muloqoti, shuningdek, uning yaxshi qalamkashligi va Britaniya manfaatlarini himoya qilishga tayyorligi bilan izohlagan[1][3]. Merlin umrining koʻp qismini Afinada oʻtkazgan[4]. Tarixchi Lucia Patrizio Gunning va Despina Vlami uni Levantin deb taʼriflagan. Bu atama Sharqiy Oʻrta yer dengizida uzoq muddat xizmat qilish natijasida mahalliy madaniyatni oʻzlashtirgan Britaniya konsullariga nisbatan ishlatilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Galanakis 2012b.
- ↑ Galanakis 2012b , conjecturing „Dulwich“ as a correction for „Dill“ written in Merlinʼs 1887 To Asty profile.
- ↑ Galanakis 2012b , quoting a report made by Merlin to the House of Commons in 1872.
- ↑ Willocx 2020.
- ↑ Gunning & Vlami 2023.