Chakamigʻ
Chakamigʻ | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Chakamigʻ, yopishqoq qumrioʻt (Galium aparine L.) — roʻyandoshlar oilasi qumrioʻtlar turkumiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turi; begona oʻt. Poyasi toʻrt qirrali, yotib usadi, pastga qayrilgan tikanchalar bilan qoplangan. Boʻyi 80—100 sm. Barglari yaxlit qirrali, oʻtkir uchli, nashtar ponasimon, tikansimon, tikancha va qillari bor. Gullari oqish, tikansimon gulbandli. Mevasi buyraksimon yongʻoqcha. Ildizi oʻq ildiz. May—sentabrda gullab mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 1000 tagacha urugʻ beradi. Mevalari yetilishi bilan sochiladi. Sugʻorma dehqonchilik hududlarida urugʻlari kuzdayoq koʻkarib chiqadi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Toshkent, Samarqand, Fargʻona, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida keng tarqalgan. Sugʻoriladigan yerlar, ayniqsa, gʻallazorlarda, shuningdek, polizlar, bogʻlar, ariq boʻylari, yoʻl yoqalari hamda toʻqayzorlarda uchraydi.
Kurash choralari: urugʻlikni tozalash, gʻalla ekinlari yigʻishtirilgach, angʻizni yumshatish; yerlarni shudgor qilish; gʻalla ekinlariga gerbitsidlar purkash.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |