Turkiy xalqlar: Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
||
Qator 19: | Qator 19: | ||
| {{CHN}} || 85.000.000 |
| {{CHN}} || 85.000.000 |
||
|- |
|- |
||
| {{AZE}} || 8. |
| {{AZE}} || 8.800.000 |
||
|- |
|- |
||
| {{TKM}} || 8.000.000 |
| {{TKM}} || 8.000.000 |
2016-yil 25-aprel, 10:03 dagi koʻrinishi
- Ushbu maqola Turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlar haqidadir. Turkiya xalqi uchun Turklar http://www.itusozluk.com/image/turan-haritasi_43263.jpg ]]
Turkiy xalqlar Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi xalqlar guruhidir. Bu xalqlar u yoki bu darajada umumiylashgan madaniyat va anʼanalarga ega. Turkiy xalqlar tayinli bir irqqa tegishli emas, ularni bogʻlovchi unsur asosan tildir.
Davlat | Aholisi ichida Turkiy xalqlar soni |
---|---|
{{{name}}} Dunyo Boʻyicha | taxminan 352 million |
Turkiya | 68.000.000 |
Oʻzbekiston | 30.000.000 |
Eron | 35.000.000 |
Rossiya | 45.000.000 |
Qozogʻiston | 15.000.000 |
Xitoy | 85.000.000 |
Ozarbayjon | 8.800.000 |
Turkmaniston | 8.000.000 |
Qirgʻiziston | 7.000.000 |
Olmoniya | 10.000.000 |
Iroq | 5.000.000 |
Tojikiston | 4.000.000 |
AQSh | 2.000.000 |
Fransiya | 1.000.000 |
Ukraina va Belarus | 1.000.000 |
Moldova Moldova | 200.000 |
Mongoliya | 300.000 |
Avstraliya | 200.000 |
Birlashgan Qirollik | 50.000 |
Kanada | 100.000 |
Argentina | 1.000 |
Europe Yevropa Ittifoqi (Fransiya, Buyuk Britaniya va Olmoniyasiz) | 5 million |
20.000.000 | |
Turkiylar Dini | Asosan Islom (koʻpchilik Sunniylik mazhabi), shuningdek (Shia mazhabilar, qolganlar Tangrichilik, xristian, buddist, shamanizm, lamaizm va boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilardir. |
Tarixi
Turk, turkiylar — jahondagi eng qadimgi va yirik etnoslardan birining nomi. Soʻnggi davrda jahon olimlari, jumladan, oʻzbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qadimgi Xitoy manbalaridagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu atama bundan 3,5—4 ming yil muqaddam rayemsimon iyerogliflar bilan yozilgan bitiklarda "tiyek" va "tiauk" shaklida uchraydi. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur koʻzli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb koʻrsatiladi.
Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan.
Mil. av 2-a.dan — mil. 3-a.gacha boʻlgan davrda turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan.
6-a.da turklarda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib, Turk xoqonligi barpo etgan. Xitoy manbalariga koʻra, 9-a.da tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan soʻng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (q. Turk). Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi koʻkturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, koʻk boʻri totemi boʻlgan turklar kabi maʼnolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida koʻplab uchraydi.
Hozirgi davr
Turkiy aholi soni taxminan 200-250 million nafarga yetgan.[1] Shulardan 80 millioni Turkiya turklaridir. Hozirda oltita mustaqil turkiy davlat mavjud:
Shuningdek qarang
Manbalar
Havolalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |