Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Berdax Allaniyazov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Berdax Allaniyazov 
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Berdax Bauyetdinovich Allaniyazov 
Tavallud sanasi 28-sentyabr 1965-yil (1965-09-28) (59 yosh)
Tavallud joyi Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Darvozabon
Mukofotlari 1Chempion Хirosima 1994 futbol
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980—1981 Sovet Ittifoqi Amudaryo 2 (0)
1982—1983 Sovet Ittifoqi Avtomobilist 7 (0)
1987 Sovet Ittifoqi Shaxtyor (Angren) 22 (0)
1988 Sovet Ittifoqi Yangiyer 10 (0)
1990—1996 Sovet Ittifoqi / Oʻzbekiston Orol 137 (0)
1997—1998 Oʻzbekiston Xorazm 56 (0)
1999—2000 Oʻzbekiston Orol 26 (0)
Milliy terma jamoa
1992—1994  Oʻzbekiston 8 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Berdax Bauyetdinovich Allaniyazov (28-sentyabr 1965-yil) – darvozabon sifatida oʻynagan qoraqalpoq millatiga mansub sovet va oʻzbek futbolchisi. Oʻzbekistonning bir qator futbol klublari va birinchi navbatda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safidagi oʻyinlari bilan tanilgan, uning tarkibida 1994-yilda Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berdax Allaniyazov 1981-yilda ikkinchi ligadagi Nukusning „Amudaryo“ jamoasi tarkibida futbol maydonlarida oʻynagan. 19821983-yillarda Allaniyazov Namanganning „Avtomobilist“ klubi darvozasini himoya qilgan. 1987-yilda Berdax Allaniyazov ikkinchi ligada angrenning „Shaxtyor“ klubi safida toʻp surgan, keyin ikkinchi liga klublari Sirdaryoning „Yangiyer“ va „Yoshlik“ darvozasini himoya qilgan. 1990-yilda Allaniyazov oʻsha paytda „Orol“ nomini olgan Nukus klubiga qaytdi. Allaniyazov jamoada boʻlgan vaqtda dastlabki ikki yili ikkinchi ligada toʻp surgan boʻlsa, SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingach, Nukus jamoasi safida 1994-yilgacha Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida toʻp surgan. Keyinchalik 19971998-yillarda Berdax Allaniyazov elitaning „Xorazm“ klubida toʻp surgan boʻlsa, uning soʻnggi professional klubi Nukusning „Turon“ klubi boʻlgan.

Futboldagi asosiy faoliyatini „Orol“(Nukus) klubida oʻtkazgan.

Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berdax Allaniyazov Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 23-avgust kuni Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan[1]. Allaniyazov 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga kiritildi. OFK oʻsha yili terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan kelgan. Berdax Allaniyazov turnirni asosiy darvozabon sifatida boshladi, biroq Tailand terma jamoasiga qarshi omadsiz oʻyindan soʻng, Oʻzbekiston terma jamoasi 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi. Darvozabon 4 ta gol oʻtkazib yuboradi va uning oʻrnini Yuriy Sheykin egalladi[2]. Keyinroq Oʻzbekiston terma jamoasi finalga qadar etib borib, Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 1994-yilda Osiyo oʻyinlarida jamoa tarkibida gʻalaba qozongan Berdax Allaniyazov[3] boshqa oʻyinlar gʻoliblari va ularning murabbiylari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti – „Shuhrat“ medali bilan taqdirlandi[4].