Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Jump to content

Obyektiv

From Vikipediya

Obyektiv — optik asbob yoki fotoapparatning obyektning teskari tasvirini hosil qiladigan qismi; bir necha linza yoki koʻzgulardan iborat boʻladi. Quyidagilarga boʻlinadi: 1) koʻrish trubasi va teleskop obyektlari; tasvirni kichraytirib beradi; 2) mikroskop obyektlari; tasvirni kattalashtirib beradi; 3) fotografik va proyeksion obyektlar; oʻz tuzilishi va ajrata olish qobiliyatiga qarab, ham kichraytirib, ham kattalashtirib beradi. Muhim koʻrsatkichlari: fokus masofasi (tasvirning masshtabini ifodalaydi), koʻrish maydoni burchagi, nur kirish tirqishi, yorugʻlik kuchi (nur kirish tirqishi diametrining fokus masofasiga nisbati) va ajrata olish qobiliyati.

Obyektlar tuzilishiga koʻra, linzali (refraktor, dioptriklar), koʻzguli (reflektor, katoptriklar) va koʻzgulinzali; ajrata olish xususiyatiga koʻra, universal, teleobyektiv, yorugʻligi kuchli, keng (tor) burchakli va boshqa xillarga boʻlinadi. Obyektgacha masofaga koʻra, ularni maʼlum (aniq) bir masofada joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan obyekt (mikroskop obyekt, proyeksion obyekt); chek-siz uzoklikda joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan obyekt (kurish trubasi obyekti, teleskop obyekt va kupchilik fotografik obyektlar)ga bulish mumkin.

Teleskoplarda linza va koʻzgulinzali obyektlar qoʻllanadi. Refraktorlarsa 2 linzali obyektlardan, astrograflaraa osmon yoritqichlarining surati olinadigan, 3 va 4 linzali obyektlardan foydalaniladi.

Astronomik obyektlarga Yer sunʼiy yoʻldoshlarinn kuzatish sistemasida qoʻllanadigan obyektlar (yoʻldosh kame-ralari) va atmosferaning yuqori qatlamlaridagi jismlar (masalan, meteorlar) ning harakatini suratga olishda ishlatiladigan obyektlar ham kiradi. Bu obyektlar oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha bir tomondan astrograf obyektlariga oʻxshasa, ikkinchi tomondan fotografik obyektlarning baʼzi turiga oʻxshaydi.

Fotografik (kinoga olish va reproduksiyalashda qoʻllanadigan) obyektlar buyum tasvirini aniq hosil qilish bilan boshqa obyektlardan farq qiladi. Ishlatilishiga qarab, ular havas-korlik va kasbga oid fotografiyada; kinematografiyada qoʻllanadigan, televizion, reproduksion, flyuorografik, astrografik va boshqalarga boʻlinadi. Mikroskop obyektlari boshqa obyektlardan buyumga juda yaqin turishi bilan farq qiladi. Bunday obyektlarning eng takomillashgani planaxromat va pla-napoxromatlardir. Xossalari jihatidan fotofafik obyektga yaqin boʻlgan spektral asboblar obyektlari; lazerlar bilan ishlatiladigan obyektlar va boshqa obyektning alohida guruhiga kiradi.

Fotoapparat obyektivi (chapda); mikroskop obyektivi sxemasi.[1]

Manbalar

[edit | edit source]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil