Mikoil
Qiyofa
Mikoil, shuningdek, Mekoil – islom, xristianlik, yahudiylik va bahoiylik dinlarida 4 bosh farishtadan biri (islomda, Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). Diniy anʼanada koinotni moddiy taʼminlovchi farishta hisoblanadi. U Qurʼonda Jabroil bilan bir qatorda tilga olinadi. Rivoyatlarda aytilishicha, Mikoil Jabroil bilan birga Odam atoga birinchi boʻlib sajda qilgan, Muhammadning koʻksini yorib, yuragini poklagan. Badr jangida musulmonlarga boshqa farishtalar bilan birga yordam qilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |