Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Markaziy ustoni

Koordinatalari: 34°37′7″N 49°56′39″E / 34.61861°N 49.94417°E / 34.61861; 49.94417
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy
forscha: مرکزی‎ / Markazi
Uston
Maʼmuriy markazi Arok
Yirik shahari Arok
Rasmiy tili forscha
Aholi 1 351 257
Maydoni 29 127 km²
(oʻ %)
Xaritada
Markaziy xaritada
34°37′7″N 49°56′39″E / 34.61861°N 49.94417°E / 34.61861; 49.94417

Markaziy ustoni — Eron ustonlaridan biridir. U shimoldan Qazvin ustoni va Tehron ustoni, janubdan Luriston ustoni, sharqdan Qum ustoni va gʻarbdan Hamadon ustoni bilan chegaradosh. Ustonda 11 ta tuman, 62 ta qishloq va 29 ta shahar mavjud. Arok, Xamin, Sova, Mahallot, Delijon, Kamijon va Azno uston tarkibidagi shaharlardir. Eron ustonlarining orasida joylashgani sababli uston nomi Markaziydir. Tarixiy manbalarga koʻra Markaziy ustoni yerlari mil.avv. 1-ming yillikda Katta Mod tarkibiga kirgan.

Ustonning tabiati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻlar vs tekisliklardan iborat. Markaziy va Zagros togʻlari ustonning eng muhim togʻlaridan hisoblanadi. Markaziy ustonini Alburs va Zagros togʻi tizmalarining toʻqnashuvi desa boʻladi. Qadimda Markaziy ustonida keng oʻrmonlar boʻlgan, lekin hozirda mavjud emas. Faqatgina Sarband shaharchasida nisbatan quyuq oʻrmonlar bor.

Hozirda bu yerdagi katta anhorlar, daryolar va boshqa suv havzalaridan jami suv miqdori 4,2 mlrd.m³ ni tashkil etadi va uning 50 foizi qishloq xoʻjaligiga sarflanadi. Qarachoy, Zarrinrud, Laʼlrud, Xonsor va Xamin daryolari ustonning eng muhim daryolari hisoblanadi.

Markaziy ustonining aholisi asosan fors tilidan soʻzlashadi, ammo baʼzi bir qishloqlarda turkiy, kurd va arman tillarida ham soʻzlashadilar.

Diqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy ustonda Nahjir gʻori, Chahorfasl hammomi, Safedxoniy gʻori, Xorxe ibodatxonasi, Mahallot otashkadasi, Nimvar koʻprigi, Miqon koʻli turistik ahamiyatga ega [1].


  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 255-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.