Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Manbalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manbalar, tarixiy manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hozirgi kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. M. tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. M.ning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega M. majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.

Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M.ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma M.ning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.

Yozma tarixiy M., shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. M. shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M.ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fan i shugʻullanadi.

  • Arsixovskiy A. V., Arxeologiya asoslari, T., 1970; Kabi rov J., Sagdullayev A., Oʻrta Osiyo arxeologiyasi. T., 1990; Ahmedov B., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.

Abdulahad Muhammadjonov. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil