Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Transfiguration pending
Kontent qismiga oʻtish

Deniz Undav

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deniz Undav
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Deniz Undav
Tavallud sanasi 19-iyul 1996-yil (1996-07-19) (28 yosh)
Tavallud joyi Quyi Saksoniya,GermaniyaOlmoniya bayrogʻi
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya bayrogʻi Brighton & Hove Albion F.C.
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014-2015 Olmoniya bayrogʻi Havelse
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2017
2017-2018
2018-2020
2020-2022
2022-
2022
2023-2024
Olmoniya bayrogʻi Havelse
Olmoniya bayrogʻi Eintracht Braunschweig
Olmoniya bayrogʻi Meppen
Belgiya bayrogʻi Union
Angliya bayrogʻi Brighton & Hove Albion F.C.
  Belgiya bayrogʻi Union
  Olmoniya bayrogʻi VfB Stuttgart
67
0
69
51
22
12
30
(32
0
23
35
5
8
18)
Milliy terma jamoa
2024 Olmoniya bayrogʻi Germaniya (3 (0))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Deniz Undav (nemischa: Deniz Undav ; kurdcha: Denîz Ûndew;) – nemis futbolchisi, Angliyaning „Brighton & Hove Albion“ klubi va Germaniya milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Undav „Achim“, „Verder“, „Veyxe“ va „Havelse“ klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 25-aprelida „Gannover 96“ning oʻrinbosarlar jamoasiga qarshi oʻyinda Germaniya toʻrtinchi ligasida debyut qilgan [1]. 2-avgust kuni Lyubekga qarshi oʻyinda Deniz Xavelse uchun birinchi golini urgan[2]. 2017-yilda Undav Braunshveygning „Ayntraxt“ klubiga oʻtgan, ammo oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. 2018-yilning yozida Undav Meppenga koʻchib oʻtgan. 30-iyul kuni „Sportfreunde“ ga qarshi oʻyinda u Germaniya uchinchi ligasida debyut qilgan[3]. 22-sentyabr kuni „Untrhaching“ga qarshi oʻyinda Deniz „Meppen“ uchun birinchi golini urgan[4].

2020-yilning yozida Undav Belgiyaning „Union“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 21-avgust kuni Deynzega qarshi oʻyinda u Belgiya Challenge Ligasida debyut qilgan[5]. 25-oktyabr kuni "Brugge Football Club" jamoasining „ikkinchi tarkibiga“ga qarshi oʻyinda Deniz „dubl“ni amalga oshirgan va „Union“ uchun birinchi gollarini urgan[6]. Mavsum oxirida Deniz klubning elitaga chiqishiga yordam bergan. 2021-yil 25-iyulda "Anderlecht (futbol klubi)" ga qarshi oʻyinda u Yupil ligasida debyut qilgan[7]. 21-noyabr kuni Ostendega qarshi duelda Deniz „poker“ qilgan[8]. Mavsum yakunida u klubning kumush medallarni qoʻlga kiritishiga yordam bergan va chempionat toʻpurari boʻlgan.

2022-yil boshida Undav Angliyaning „Brighton & Hove Albion“ klubiga koʻchib oʻtgan, ammo Unionda yana olti oyga ijara asosida qolgan. Transfer summasi 7 million yevroni tashkil qilgan. Oʻsha yilning yozida Deniz Braytonga qaytib kelgan. 7-avgust kuni "Manchester United F.C." ga qarshi oʻyinda u Angliya Premyer-ligasida debyut qilgan[9]. 24-avgust kuni Angliya Liga kubogi doirasida „Forest Green Rovers“ ga qarshi oʻyinda Denis „Brighton & Hove Albion“ uchun birinchi golini urgan[10].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilning 14-martida u birinchi marta Germaniya milliy futbol terma jamoasiga Fransiya milliy futbol terma jamoasi va Niderlandiya milliy futbol terma jamoasi terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun chaqirilgan[11]. U 23-mart kuni Fransiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan va oʻyinning 81-daqiqasida Kai Havertzni almashtirgan[12].

Germaniyada Masaki urugʻiga mansub yazidiy oilasida tugʻilgan. Uning ota-onasi Turkiya janubi-sharqidagi Şanlıurfa viloyatning Viranshehir shahridan[13].

  • Challenger Pro ligasi gʻolibi: 2020/21
  • Jupile ligasi toʻpurari (25 gol): 2021/2022
  • Jupile ligasining eng yaxshi futbolchisi: 2021/2022
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2023-yil noyabr, 2024-yil yanvar
  1. „Ганновер 96 II VS. Хавелсе 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-aprel). 2022-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  2. „Хавелсе VS. Любек 5:3“ (en). soccerway.com (2015-yil 2-avgust). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  3. „Шпортфройнде Лотте VS. Меппен 0:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 30-iyul). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  4. „Меппен VS. Унтрехахинг 3:3“ (en). soccerway.com (2018-yil 22-sentyabr). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  5. „Дейнзе VS. Юнион 0:2“ (en). soccerway.com (2020-yil 21-avgust). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  6. „Юнион VS. Брюгге II 6:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 25-oktyabr). 2023-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  7. „Андерлехт VS. Юнион 1:3“ (en). soccerway.com (2021-yil 25-iyul). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  8. „Остенде VS. Юнион 1:7“ (en). soccerway.com (2021-yil 21-noyabr). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  9. „Манчестер Юнайтед VS. Брайтон энд Хоув Альбион 1:2“ (en). soccerway.com (2022-yil 7-avgust). 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  10. „Форест Грин Роверс VS. Брайтон энд Хоув Альбион 0:3“ (en). soccerway.com (2022-yil 24-avgust). 2023-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  11. „Start ins EM-Jahr mit sechs Neulingen und sechs Rückkehrern“ (de). dfb.de. Немецкий футбольный союз (2024-yil 14-mart). 2024-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  12. „Traumstart ins EM-Jahr“ (de). dfb.de. Немецкий футбольный союз (2024-yil 23-mart). 2024-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  13. „OFFICIEEL: Union denkt toch al vooruit en trekt topschutter uit Duitsland aan“ (nl-BE). www.voetbalprimeur.be. 2023-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-dekabr.