Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

tek

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tek

Aytilishi

Etimologiyasi

TEK 'Hech narsa qilmay', 'jim'. Hamma bir lah-za t ye k holib, birdan kulgi koʻtarildi (Abdulla Qaqqor). Qadimgi turkiy tilda qam shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz asli täk, tek tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 428; Devon, I, 321); keyinroq ä | e unlisi ye Unlisiga almashgan (ДС, 550): täk | tek > tek. Otni jim turishga undovchi täk soʻzi asli tek soʻzining eng qadimgi talaffuz shakliga teng.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1. rvsh. Harakatsiz, qimirlamasdan va ovoz chiqarmasdan, jim. ◆ Tek tur. Tek oʻtir. ◆ Hamma bir lahza tek qolib, birdan qattiq kulgi koʻtarildi. A. Qahhor, „Mayiz yemagan xotin.“ ◆ Unda laylak bir oyoqlab turib, yashillanib kelayotgan adirlarga koʻz tashlab, tek qotgan. S. Ahmad, „Hukm.“

2. Hech ish, harakat qilmasdan, bekor. ◆ Tek turmagan toʻq turar. Maqol. . ◆ Uning [Haydarboyning] qoʻllari tek turmaydi: dam uzun otashkurak bilan toʻnkaning oʻt olgan joylarini qoqib, yana ham koʻproq biqsitadi. P. Tursun, „Oʻqituvchi.“ ◆ Hamma harakatda-yu, yolgʻiz men tek yotibman. Oydin, „Oltin uzukka olmos koʻz.“

3. und. s. Andoza:vazifasida.. Qimirlama, jim. - ◆ Tek, oʻrtoqlar, — dedi rais va davom etdi, — oʻzingiz ekasizmi? A. Qahhor, „Sarob.“

Tek qoʻymoq Tinch qoʻymoq, bezovta qilmaslik. ◆ Hozir tek qoʻyib qoʻygan odamlarni suv chiqqandan keyin qamashi ham ehtimoldan uzoq emas. M. Ismoiliy, „Fargʻonat. o.“

Sinonimlari

Antonimlari

ТЕК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tek
1 спокойно, тихо, смирно; без движения; Tek, oʻrtoqlar, - dedi rais (А. Ќаћћор, «Сароб») Тихо, товарищи, - сказал председатель;
2 без дела; ◆ tek turmoq 1) стоять без движения; молчать; 2) стоять (сидеть) без дела, бездельничать; ◆ tek turmagan toʻq turar посл. кто не сидит без дела, тот живёт в достатке; ◆ tek tur, tek boʻl стой спокойно, не шали; молчи; ◆ Hamma tek qoldi (А. Ќаћћор, «Сароб») Все замолчали, все застыли; ◆ tek turmas 1) неспокойный, шаловливый; беспокойный; 2) непоседа.

Turkcha (tr)

tek

alohida, birdan-bir, yagona, yakka, yakkayu yagona, yolgʻiz, toq