Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

tutun

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tu-tun

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TUTUN 'biror narsa yonganda ajralib chiqadigan gazsimon moddalar'. Uylarning moʻrisidan t u t u n chiqar buralib (Uygʻun). Qadimgi turkiy tilda ham

shundä,y maʼnoni sshglatgâ.n bu ot ?tutun chiqar 1

maʼnosini anglatgan tüt- feʼlidan (ДС, 601) -(ü)n qoʻshimchasi bilan yasalgan (Devon, I, 380; DS, 601); oʻzbek tilida ü unlilarining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: tüt- + ün = tütün > tutun.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Biror narsa yonganda, havoga ajralib chiqadigan mayda zarralardan iborat gazsimon moddalar majmui. ◆ Papiros tutuni. Uy tutunga toʻldi. Tutun osmonga koʻtarilib ketdi. n ◆ Uylarning moʻrisidan tutun chiqar buralib. Uygʻun . ◆ Bir vaqtlar turli ranglar bilan boʻyalgan uyning shift-lari otashdonda yoqilgan oʻt tutunidan xiralandi. H. Shame, „Dushman“ . ◆ Jiqqahoʻloʻtin yolgʻiz "pirs-pirs" qilib, achchiq zahar tutun buruqtiradi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Tutun puli tar. Xonadon egasidan yashab turgan joyi uchun olinadigan soliq. ◆ Oʻzing-ni bos, Jalomboy, seni hech kim hayda-maydi. Onangga men pul yuboraman, mayli, "tutun puli"ni toʻlasin. H. Tursunqulov, „Hayotim qissasi“ . Tutun qaytarmoq dagʻl. Buyurilgan, qilingan ish yoqmasligini bildiruvchi qoʻpol gap-soʻz qilmoq. ◆ Mollar, molxonalar joyidami ? Yana Gavhar poshsha, u na boʻlmapti, buna boʻlmapti, deb tutun qaytarib yurmasin. "Mushtum" . ◆ E, tuzlamay qurib ket., oʻshaning uchun rosa tutun qay-tarib yotgan ekan-da. K. Yashin, „Hamza“ . Tutuni (osmonga) chiqmoq Jahli, gʻazabi qoʻzgʻamoq. -Iya, boyatdan beri qulogʻingga tanbur chertyapmanmi, — jahl bilan dedi Ostonaqul, — ◆ shunga tutunim chiqib yonib yotibman-da. S. Abduqahhor, „Sanamay sak-kiz dema“ . ◆ Fashistlarning beva-bechoralar-ga berayotgan mislsiz azoblarini koʻrganda, Oʻrinboyning tutuni osmonga chiqadi. T. Rustamov, „Mangu jasorat“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТУТУН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tutun
дым, дымок; чад; // дымовой; чадный; ◆ oshxona tutunga toʻldi или oshxonaga tutun toʻldi кухня наполнилась дымом; ◆ tutun bosgan havo чадный воздух; ◆ tutun chiqarmoq дымить, пускать дым; ◆ tutunday tarqalmoq рассеиваться как дым; ◆ tutun niqob дымовая маска; ◆ tutun qaytarmoq см. qaytarmoq.