sharbat
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]shar-bat
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash][a. — bir qultum; shi
rin ichimlik] 1 Pishib yetilgan hoʻl mevalardagi qand moddasi, shirinlik, shira. ◆ Mevalar shirayu sharbatga toʻlmoqda. Xorazm qovunlari shirinligi va sharbati bilan mashhurdir. yat Qorovul paxta gulli kosada anor sharbati keltirdi. S. Siyoyev, „Otliq ayol“ . ◆ ..bu yerlarga suv chiqarib, tok koʻkar-tirilsa, hamma yoqni sharbatga toʻldirish mumkin. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
2 Mevalardan tayyorlangan shirin ichimlik. ◆ Shu lahza Badia yana oʻrnidan turib, aravadagi xumchadan nim kosa sharbat olib keldi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ [Behlul] Yelka-siga tashlagan dasturxonni yozib, barkashni mehmon oldiga surib qoʻydi, keyin ikki kosada sharbat keltirdi. M. Osim, „Zulmat ichra nur“ .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ШАРБАТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[tahrirlash]Ruscha ru
sharbat
1 шербет, сладкий напиток; сироп; сок; ◆ uzum sharbati виноградный сок; ◆ meva sharbati фруктовый сок; ◆ sharbatini totmoq перен. вкусить (чего-л.); наслаждаться (чем-л.); ◆ turmush sharbatini totmoq насладиться жизнью; ◆ oʻlim sharbatini totmoq (букв. отведать смертного напитка) умереть, скончаться;
2 разг. вода, пропущенная через навоз; ◆ Chol gʻoʻzaga "sharbat" beryapti (Ойбек, «О. в. шабадалар») Старик поливает хлопчатник водой, пропущенной через навоз.