qiliq
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]qi-liq
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]{{{2}}}
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1 Kishining yurish-turishidagi, boshqalar bilan muomalasidagi oʻziga xos harakatlari, xulq-atvori. ◆ Qiligʻi issiq odam. ◆ Qiligʻi sovuq yigit. ◆ Uning qiliqlari oʻziga juda mos tushar, hatto qoʻli qattiqligi ham fazilatdek tuyulardi. F. Musajonov, „Pushaymon“ . ◆ Kechirasiz! — dedi oʻz qiligʻiga uyalib, sholgʻomday qizarib ketgan Mastonov Gʻayratiy, „Yoʻqlov“ .
2 Gʻayritabiiy yoki nojoʻya ish, harakat, odat va sh.k. ◆ Kelishmagan qiliqlar. ◆ Zebixon shunaqayam qiliqlar qildiki, Tursunboy angrayib qoldi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Bunaqa qiliq Nishopuriy janoblaridan chiqadi Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Fuqarolarning kechagi qiligʻi Sultonali hojini telba qilib qoʻyay dedi S. Siyoyev, „Avaz“ .
3 Umuman, kishining odati, rasmi. ◆ -Hali ham eski qiligʻini qoʻmsaydi. Uyga chaqirib, oldiga dasturxon yozmaguncha, suv bermaydi, — dedi DavlatyorP. Tursun Oʻqituvchi . ◆ Keldi qonli qilichini Koʻtarib Tugʻliq. Bu ham chiqardi yana Koʻp nayrang, qiliq. Gʻayratiy .
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]ҚИЛИҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.