Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

qurmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

qur-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

QUR- ' turli narsalardan yigʻib, birlashtirib bunyod qil-'. Doʻkonni hurganimizga endi oʻn besh kuncha boʻlib holdi (Abdulla Qodiriy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday talaffuz qilingan bu feʼl asli 'toʻpla-' maʼnosini anglatgan (Devon, II, 14: qurdï - 'toʻpladi’); keyinchalik maʼno taraqqiyoti natijasida hozirgi maʼnosi yuzaga kelgan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Qurilma, qurilish insho-oti bunyod etmoq, yasamoq. ◆ Uy qurmoq. Qasr qurmoq. Shiypon qurmoq. Toʻgʻon qurmoq. Kanal qurmoq. Saroy qurib, shahar buzma. Ma-qol . ■■ ◆ Yoru doʻstlar bilan hasharlashib, binoyiday maskan qurib oldim. M. M . Doʻst, Lolazor.

In (yoki uya) qurmoq 1) oʻziga yashash joyi, makon yasamoq, tayyorlamoq (yovvoyi hayvon, parranda, hasharotlar haqida); 2) makon tutmoq, joylashmoq, toʻplanmoq (oʻgʻri, bos-qinchi, gʻalamis va shu kabilar haqida). ◆ Uning ha-romnamaklari hali koʻp mahkamalarda in qurganlar. Oybek, „Navoiy“ .

2 Oʻrnatmoq. ◆ Tandir qurmoq. Uyga eshik qurmoq. n ◆ Sattorqul akang uyini yangi turmush qildi; oqlatdi, darchaning oʻrniga deraza qurdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chirok-lari“ . ◆ Bir yerdan oʻchoq qilib, oshpalov qilmoq-chi boʻlib, qozonni qurdi. "Nurali" .

3 Tashkil etmoq, barpo qilmoq, tuzmoq. ◆ Yangi davlat qurmoq. Yangi jamiyat qurmoq.

4 Tashkillashtirmoq. Shirin suhbat qu-rib qaymoqlashaylik.. Habibiy. ◆ Har qalay, Joʻravoy bilan gurung qurib, tong ottiray dedi-ku. S. Ahmad, „Yulduz“ . ◆ Zeriksangiz, sho-hona ziyofatlar quring, bazmlar yasang, ix-tiyor sizda. Oybek, „Ulugʻ yoʻl“ . ◆ Badiuzzamon beklarini, ishbilarmon yigitlarini yigʻib, jangga hozirlanish toʻgʻrisida kengash qurdi. Oybek, „Navoiy“ .

Turmush (yoki oila) qurmoq Uylanib, turmushga chikib, oʻzaro oila tuzmoq. ◆ Sevi-shib, oʻldim-toldim deb turmush qurganlar-ni koʻryapmiz, kunora uyida janjal.. T. Ashurov, „Ok ot“ . ◆ Oyim bilan dadam sinfdosh boʻlganlar. Sevishib oila qurganlarini es-lashadi. "Yoshlik" .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ҚУРМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

Feʼl

[tahrirlash]

qurmoq qurmoq

qurmoq
1 строить, воздвигать, сооружать;◆ koʻprik qurmoq строить мост; ◆ uy qurmoq строить дом;
2 устраивать, устанавливать, ставить; ◆ telefon qurmoq устанавливать телефон; ◆ chodir qurmoq ставить шатёр; ◆ qozon qurmoq устанавливать котёл;
3 перен. строить, устраивать; основывать; ◆ plan qurmoq строить планы; ◆ sotsializm qurmoq строить социализм; ◆ suhbat qurmoq устраивать (вести) беседу; ◆ davra qurmoq становиться вкруг, выстраиваться вкруг.