Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

birinchi

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

bi-rin-chi

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 trtb. son Tartib oʻrni 1 raqami bilan belgilangan, 1 nomerli. ◆ Birinchi jild. Birinchi bet. Birinchi qator. Navoiy koʻchasidagi birinchi uy. n U birinchi qoʻshiqni yaxshi aytdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.◆  Yoʻlchi birinchi kun bozorni aylana-aylana, kechga qadar uch-toʻrt yerga yuk orqaladi. Oybek, Tanlangan asarlar.

2 Qatorda eng oldingi oʻrinda turgan, eng oddingisi, eng avvalgisi.◆  Birinchi arava toʻxtamay oʻtib ketdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.◆  Birinchi masala yuzasidan Boʻtaboy akaga soʻz berildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Oʻsha kuni birinchi soʻroq shu bilan tugadi. E. Raimov, Ajab qishloq.

3 Boshqalariga nisbatan eng oldingi, bosh; toʻngʻich.◆  Birinchi farzand.

Birinchi xotin 1) eng oldinda (turgan, oʻtirgan) xotin; 2) etn. esk. Koʻp xotinli kishining eng katta xotini, bosh xotin.◆  Bu uylanishdan birinchi xotini va boshqalar sira xabardor boʻlmasligi ham mumkin. Oybek, Tanlangan asarlar.

4 Sanab oʻtilgan, zikr qilingan yoki koʻzda tutilgan narsalarning oldingisi, avvalgisi.◆  Gʻoliblar uchun uch mukofot bel-gilandi: birinchisi — 10000 soʻm, ikkinchisi — 5000 soʻm, uchinchisi — 3000 soʻm. n Mir-zayev.. Latofatxonga ikkita xat yozdi. Birinchi xati-ku boshdan-oyoq "rahmat"dan iborat edi, keyingisida "qulogʻingizga ay-tadigan gapim bor" degan mazmunda shama qildi. A. Qahhor, Koʻk konvert.

5 Ish-harakatda hammadan oldin qat-nashgan yoki qatnashadigan, eng avvalgi, ilk. ◆ Uni eng birinchi men koʻrib qoldim. m ..jazoga loyiq mushtumzoʻrlarni nom-banom aytaylik. Qani, yozing, oʻrtoq Samandarov! Birinchi kim? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

Birinchi boʻlib Eng avval, hammadan oldin.◆  Birinchi boʻlib soʻzga chiqmoq. m Bu ishda Qurbon otaga birinchi boʻlib qoʻl bermoqchi boʻlgan odamlarning eng birinchisi Abdusamadqori edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.◆  Birinchi boʻlib finishga yaqin-lashib kelayotgan sportchini qoʻllab-quv-vatlovchi tovushlar eshitildi. Gazetadan Birinchi galda (yoki navbatda) Eng avval, avvalo, hamma(si)dan oldin.◆  Ish juda soz boshlandi, endi oxirigacha silliq ketsin. Buning uchun birinchi gs1da dadillik kerak! Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Gulnorni qo-chirish toʻgʻrisida taklif qilganda, birinchi galda shu maqsad oʻylangan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.

6 Eng avval, ilk bor paydo boʻlgan, yuzaga kelgan; hammadan oldin sodir boʻlgan, yuz bergan; dastlabki.◆  Birinchi xil muhabbat — tilda, ikkinchi xil muhabbat dilda boʻladi. A. Qahhor, Asarlar.◆  Turgunoy birinchi tovushni eshitganda, seskandi, soʻnggilari esa uni vahimaga soldi. A. Qahhor, Maston.◆  Atrof jimjit. Uzoqdan xoʻrozning birinchi qichqirit eshitildi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.

7 Oldin koʻrilmagan, endi ilk bor yuz bergan.◆  Ota majlisda birinchi soʻzga chiqishi ekan. A. Qahhor, Asror bobo.◆  Tanklar jangini Ahmadjon birinchi koʻrishi.. edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.◆  Kumushbibi oʻziga tomon keluvchi bu dahshapii xotinni umrida birinchi marta koʻrishi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆  Nuri chiday olmadi, birinchi marta achchigʻlanib gapirdi. Oybek, Tanlangan asarlar.

8 (-lir qoʻshimchasi bilan) Oldingi oʻrin-ni olgan, oldinda boruvchi; peshqadam, ilgʻor.◆  Bu yilgi musobaqalarda komindimiz birinchi. m U birinchilir qatorida frontga borish haqida ariza yezdi. Gazetadan ◆  U Mirzachoʻlga birinchilar qatoridi kelgin edi. "Guldasta".

9 Malakasi, mahorati jihatdan eng yuqori, ustun; eng mohir.◆  Shaharda birinchi usta.

10 Hammasidan zarur, eng muhim, aso-siy, bosh.◆  Hukumatga yordam berish bizning birinchi vazifimiz boʻlishi kerak. Oybek, Tanlangan asarlar.◆  Fan-texnika gʻoyat ta-riqqiy etgan hozirgi divrdi ham non elning eng birinchi hayotiy negizi boʻlib qolmoqda. Gazetadan.

Birinchi darajali Eng oliy, eng yuqori; eng ahamiyatli maʼnolarini ifodalaydi. ◆ Birinchi daraja/Sh diplom va pul mukofoti bshshn qiytdi. S. Ahmad, Yulduz.◆  Fikrning ana shu yoʻsinda ifodalanishi uchun.. badiiy detallar ham birinchi darajali oʻrin tu-tadi. "OʻTA".

Sinonimlari

[tahrirlash]

ilkinchi, avvalgi, birlamchi.

Antonimlari

[tahrirlash]

БИРИНЧИ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

OʻTIL

Sifat

[tahrirlash]

birinchi

birinchi
1
первый; Birinchi May bayrami праздник Первого мая; ◆ birinchi galda в первую очередь; ◆ birinchi boʻlib первым; ◆ birinchidan во-первых;◆ birinchisi первый (из ряда кого-чего-л.);
2 первый, первоклассный; ◆ birinchi usta первоклассный мастер;
3 впервые, первый раз; ◆ buni birinchi koʻrishim я это вижу впервые.