Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

axtarmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

ax-tar-moq

Feʼl

[tahrirlash]

axtarmoq

Etimologiyasi

[tahrirlash]

AXTAR- ’koʻp narsalar orasidan titib qidir-’. Kerakli kitobni javondan axtarib topolmadim. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi ’bir tomonga egil-’ maʼnosini anglatgan a:gʻ- feʼlining ax- shakliga -tar orttirma qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan (ЭСТЯ, I, 74); oʻzbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan: ax + tar = axtar- > äxtär—. Asli bu feʼl ’koʻp narsalarni agʻdar-’ maʼnosini bildirgan, ’qidir-’ maʼnosi keyin paydo boʻlgan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

Topish harakatida boʻlmoq; qidirmoq, izlamoq. ◆ Qorongʻida gugurt axtarmoq . ◆ Axtargan topar. Maqol ◆ Kishilar kuch-quvvatlarini sotishga ish axtarib, yer axtarib, ovqat, kiyim-kechak axtarib, oʻz tugʻilgan yerlaridan chiqib ketar edilar. P. Tursun, „Oʻqituvchi“

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

OʻTIL

Tarjimalari

[tahrirlash]