madaniyat
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[tahrirlash]ma-da-ni-yat
Aytilishi
[tahrirlash]Etimologiyasi
[tahrirlash]a. — sivilizatsiya
Maʼnoviy xususiyatlari
[tahrirlash]Maʼnosi
[tahrirlash]1. Jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida qoʻlga kiritgan yutuqlari majmui. ◆ Bugungi Toshkent — yirik sanoat, fan va madaniyat markazlaridan biri. "Saodat". ◆ Alifbo — inson hayotining, inson kamolining eng buyuk ijodiyoti; jahon madaniyati, butun ilm, oʻlmas badiiy, falsafiy, axloqiy.. boyliklar shu harflarga asoslangan. K. Yashin, „Hamza.“
2. Biror ijtimoiy guruh, sinf yoki xalqning maʼlum davrda qoʻlga kiritgan shunday yutuqlari darajasi. ◆ Musiqa madaniyati. Nutq madaniyati. Har ikki yilda oʻtkazilayotgan bu kinoforum unda qatnashayotgan mamlakatlar kino madaniyatida katta voqea boʻlayotir. Gazetadan. . ◆ Islom madaniyatini rivojlantirishga katta Hissa qoʻshgan muhtaram zotlarning nomlari butun olamga mashhur. K. Yashin, „Hamza“
3. Oʻqimishlilik, taʼlim-tarbiya kurganlik, ziyolilik, maʼrifat. ◆ Madaniyatdan orqada qolmoq. Madaniyatga erishmoq. ◆ Odamlarning xulq-atvori, madaniyati ana shu boyliklarga, xususan, nota boʻlgan munosabati bilan oʻlchanadi. Gazetadan. ◆ Tarbiyachi soʻz bilan taʼsir qilish madaniyatini egallashi zarur. "Fan va turmush".
4. Madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit. ◆ Deputatning xalq farovonligini oshirish, turmush madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlaridan mehnatkashlar mamnun. Gazetadan.
5. q.x. (Oʻsimlik yoki ekinning turlarini) yetkazish, oʻstirish, yetishtirish. ◆ Xususan, dehqonchilik madaniyati bobida ilgarilab ketdi ular. N. Hayitqulov, „Yer tafti.“
Sinonimlari
[tahrirlash]Antonimlari
[tahrirlash]МАДАНИЯТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.