Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Jangari yoki ekshn film (ekshn filmi) (inglizcha: action movie — harakatli film) — kino janri boʻlib, unda asosiy eʼtibor otishma, mushtlashuv, quvish va hokazolarga qaratilgan. Jangari filmlar koʻpincha yuqori byudjetli boʻlib, kaskadyorlar va maxsus effektlarga toʻla boʻladi. Jangari filmlarning koʻpchiligi „yaxshilik musht bilan boʻlishi kerak“ degan mashhur tezisni tasvirlaydi. Ushbu janrdagi filmlar koʻpincha murakkab syujetga ega boʻlmay, bosh qahramon odatda eng aniq koʻrinishida yovuzlikka duch keladi: terrorizm, odam oʻgʻirlash, qotillik, korrupsiya, adolatsizlik. Boshqa yoʻl topolmay, bosh qahramon zoʻravonlik qilishga qaror qiladi. Filmning soʻnggida koʻpincha salbiy qahramonlar odatda oʻldiriladi, kam holatda hibsga olinadi . Oʻldirilgan salbiy personajlar va ularning sheriklari soni oʻnlab va hatto yuzlablarga boʻlishi mumkin. „Zoʻravonlik estetikasi“ning ommalashishi shunday kinofilmlar sabab hisoblanadi. Jang sanʼatiga atalgan filmlar odatda jangovar filmlarning kichik janri sifatida qabul qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir