Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Galisiya — Ispaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km2. Aholisi 3,15 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — La-Korunya. Bosh shahri — Santyago-de-Kompostela. Galisiya tarkibiga La-Korunya, Lugo, Orense, Pontevedra provinsiyalari kiradi.

Galisiya
Avtonom Jamoat
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
42°48′0″N 7°54′0″W / 42.80000°N 7.90000°W / 42.80000; -7.90000
Mamlakat Ispaniya
Maydon 29,574.4 km2 (11,418.7 kv mi)
Aholisi
 (2016)
2,718,525
Zichligi 92 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Galisiya xaritada
Galisiya
Galisiya

Galisiyada qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi bilan atalgan. 5-asr boshlarida Galisiyani svevilar, 8-asr boshlarida arablar egalladi. 718 yilda arablar magʻlubiyatga uchragach, Galisiyani Asturiya qirollari oʻzla-riga boʻysundirdilar. Galisiya 1065—72 yillarda mustaqil qirollik boʻlgan, 1072-yilda Kastiliyaga qoʻshib yuborilgan. 1936-yil Galisiyada referendum oʻtkazilib muxtor viloyat eʼlon qilindi.

Relyefi togʻlik, bal. 400–600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari bilan oʻyilgan. Qirgʻoqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, yiliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Keng bargli togʻ oʻrmonlari va butazorlar koʻp.

Galisiya asosan agrar viloyat. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Makkajoʻxori, javdar, kartoshka ekiladi. Baliq ovlash va oʻrmonchilik katta ahamiyatga ega. GES koʻp. Kemasozlik rivojlangan (mamlakat kemasozligining 1/2 qismi). Oziq-ovqat (baliq, ayniqsa sardina konservalari ishlab chiqarish) sanoati, avtomobil ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash va alyuminiy zavodlari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil