Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Bora (yunoncha boreas — shimol shamoli) — togʻ bagʻrida pastga qarab esadigan kuchli sovuq shamol. Uncha baland boʻlmagan togʻlar iliq dengiz bilan tutashgan joylarda kuzatiladi. Bora esganda havo temperaturasi pasayadi.Bora tezligi asosan 20–30 m/s, baʼzi joylarda hatto 60 m/s va undan ham ortiq boʻladi. Bora bir boshlansa, bir haftagacha davom etadi. Bora Apsheron yarim oroli, Adriatika dengizi, Issiqkoʻl, Sevan koʻli, Meksika boʻg'ozi, Novorossiysk shahri va Qrim yarim orolida esadi. Bora koʻpincha fojiali oqibatlarga olib keladi (masalan, Bora oqibatida kemalar muzlab qolishi mumkin).

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil