Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Usmon ibn Affon

Vikiiqtibosdan olingan
Usmon ibn Affon
Vikipediyadagi maqola
Vikiombordagi fayllar

Usmon bin Affon (arab. عثمان بن عفان‎‎) – 4 xalifaning uchinchisi, jannat xushxabari berilgan Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Dunyoda ekinlar ekib-oʻrgan, baland koshonalar qurgan, uzoq vaqt zavq-u safo surgan dunyoning oʻgʻillari, doʻstlari bugun qayerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham unga shunday berilmang. Oxirat uchun harakat qiling[1].
  • Qullik – amal etish, amal bilan hukmlarni muhofaza qilish, vaʼdaga vafo, boriga rizo, yoʻgʻiga sabrdir[1].
  • Sizdan avval oʻtgan kimsalarning holidan ibrat oling. Soʻng saʼy-harakat qiling va gʻaflatda qolmang. Zero, siz gʻaflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira gʻaflatga tushilmaydi[1].
  • Siz oʻtkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham oʻtishini kutmoqdasiz… Unutmangki, bu dunyo yolg‘on va aldov ustiga bino boʻlgan[1].

Manbalar

[tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.