Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Maxatma Gandi

Vikiiqtibosdan olingan
Maxatma Gandi
Vikipediyadagi maqola
Vikimanbadagi asarlar
Vikiombordagi fayllar

Maxatma Gandi (1869-yil 2-oktabr, Gujarot — 1948-yil 30-yanvar, Dehli) — Hindiston milliy-ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir.



Iqtiboslar

[tahrirlash]
  • Agar yolgʻonchi boʻlganimda, bolalarni toʻgʻri gapirishga oʻrgatishdagi barcha urinishlarim zoe ketgan boʻlardi. Men oʻzim bilan yonma-yon yashayotgan oʻgʻil va qizlar uchun har doim jonli misol boʻlishim kerakligini tushunib yetdim[1].
  • Agar oʻzingni ba’zi oʻrinlarda odobsiz, tarbiyasiz deb his qilsang, shuning oʻzi sening odobli shaxs ekanligingni bildiradi[1].
  • Aql har qanday hissiylik sarchashmalarida joylashgan boʻladi[1].
  • Barcha masalalarda har qanday odamning va’dasiga ishonsa boʻladi, ammo pul masalasi bundan mus­tasno[1].
  • Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu — qiziquvchanlikdir. Natijani yoki oʻz imkoniyatimizni bilishga bʻlgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin[1].
  • Bizning nafsimiz shunchalik kuchliki, uni ham ichkaridan, ham tashqaridan qat’iy qoidalarga solgan taqdirdagina tiyish mumkin[1].
  • Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish… Ruhni rivojlantirish — fe’l-atvorini shakllantirish demakdir[1].
  • Bolalar orasida boʻlganimda oʻzimni dunyodagi eng baxtli odam deb bilaman[1].
  • Bugun biz tashlayotgan qadam kelajakning ibtidosidir[1].
  • Haqiqat yoʻlida, tabiiyki, gʻazab, xudbinlik, naf­rat kabi narsalar gʻoyib boʻladi. Aks holda unga erishishning iloji boʻ­l­maydi[1].
  • Hayot ipining uchi Xudoning qoʻlida ekan, nima uchun bu hayotni Unga ishonmaslik kerak[1].
  • Hayotingda boʻlishini xohlaydigan eng katta oʻzgarish sen oʻzing boʻlishing kerak[3].
  • Hayotni tezlashtirishdan koʻra boshqa muhim ishlar ham bor[4].
  • Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganida ko‘proq foyda olganman[2].
  • Modomiki men jamoat xizmatiga boshim bilan shoʻngʻib ketgan ekanman, buning sababi mening oʻzimni anglashga boʻlgan intilishimdan iborat edi[1].
  • Muhammad paygʻambarning gʻoyat dilbar­ inson ekanligini bilib, hay­ratdan yoqa ushladim[1].
  • Nafratsiz biron narsadan voz kechish uzoqqa bormaydi[1].
  • Notinchlikda tinchlikka erishib boʻlmaydi. Tinchlikni asrash qushqoʻnmas tikanaklari orasidan mevasini terish degani. Men bu masalaga qanchalik chuqur yondashsam, ich-ichimda qat’iy bir xulosa tugʻiladi: “Tinchlikni asrash — bosh insoniy burch![1]
  • Odamlar orasida yursang-u, sendan axloq atirining xushboʻy hidi taralib tursa, qanday chiroyli![1]
  • Odam tayyorgarlikni hayotining soʻnggi pogʻonasiga tashlab qoʻyar ekan, u oʻzini oʻzi anglash darajasiga yetmaydi, balki shunday bir keksalikka yetishadiki, bu keksalik ikkinchi, ammo endi achinarli bir bolalik bilan teng boʻlib, u atrofdagilar uchun malollik keltirishdan boshqa narsaga arzimaydi[1].
  • Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish — kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik — ruhiy kamolot belgisi[1].
  • Sen dunyoni qanday koʻrishni xohlasang, shunga koʻra, avvalo oʻzing oʻzgar[1].
  • Savolning kuchi shundaki, u inson kamolotining negizidir[1].
  • Sizning e’tiqodingiz — sizdagi oʻy-xayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap — kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu soʻzlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-qimmatimiz odatlarimizga koʻra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi[1].
  • Tinchlik — bu tinchlik uchun mukofot[1].
  • Tinchlikning zafarlari urushning gʻalabasidan shavkatlidir[1].
  • Toʻgʻri, men bolaligimdanoq zehnli va aqlli edim, oʻqishda ham mening oldimga tushadigani yoʻq edi,­ ammo oʻzim toʻgʻrimda maqtov soʻzlar aytish axloqimga toʻgʻri kelmasdi. Zero, hayotda erishgan katta-kichik muvaffaqiyatlarim-u siyosiy gʻalabalarim bejiz qoʻlga kiritilmaganini oʻquvchilarim oʻzlari anglab olishlariga toʻliq ishonaman[1].
  • “Shuncha yoʻldan Angliyadek mamlakatga kelar ekansiz, sal durustroq kiyinib olsangiz boʻlmasmidi?” degan savolga Gandi:
    — “Men ona Hindistonimning jonli timsoliman, sizlar ikki yuz yildan beri talayverib, diyorimni shu holga soldingiz”, deb javob beradi[1].
  • Oʻzimiz topshirmasak, hech kim bizdan oʻz-oʻzimizni hurmat qilish hissini tortib ololmaydi[6].
  • Oʻz tilini idora qilolmagan odamda haqiqat bo‘lmaydi[2].

Manba

[tahrirlash]
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 [Xurshid Davron kutubxonasi]
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet. 
  3. Robin Sharma. Eng sara asarlari, Oʻlsang kim yigʻlaydi?, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet. 
  4. Brayan Treysi. Samaradorlikning 21 yoʻli. Toshkent: Asaxiy books, 2020 — 92-bet. 
  5. Robin Sharma. Eng sara asarlari, Ferrari sotgan rohib, Toshkent: "ILM-ZIYO-ZAKOVAT" nashriyoti, 2019 — 512-bet. 
  6. Stiven Kovi. Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi, Orifaxon Gʻulomova tarjimasi (Oʻzbek), Toshkent: "QAQNUS MEDIA" nashriyoti [1989], 2020 — 380-bet.