Yigʻi devori ibodatxonasi
Ushbu sahifani YIGʻI DEVORI bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
{{wikify}] Yigʻi devori ibodatxonasi — Quddus shahrida joylashgan, milodiy 70-yilda rimliklar tomonidan vayron qilingan Ikkinchi Ibodatxonaning saqlanib qolgan 488 metr uzunlikdagi qismi. Yahudiylarning muqaddas ziyoratgoh joyi. Yahudiylar bilan bog‘likligi haqidagi dastlabki maʼlumotlar IV asr manbalarida uchratish mumkin. „Yig‘i Devori“ atamasi arab tilidagi „al-mabka“ (oh-voh qilish joyi) so‘zdan olingan bo‘lib, yahudiylarning bu joyga kelib Ibodatxonaning vayron etilgani sababli afsus chekib yig‘lashlariga nisbatan qo‘llanilgan. Ibroniy tilida „Kotel Maaravi“, yaʼni Gʻarbiy devor deb nomlanadi. Odatda Gʻarbiy Devor deganda qadimgi devorning 57 metr uzunlikdagi ochiq qismi tushuniladi. Biroq, uning uzunligi 488 metrni tashkil etib, uylar va turli inshootlar uning qolgan qismini tusib turadi. Maydonda joylashgan ochiq qismining balandligi asosidan qo‘shib hisoblaganda 32 metrni, yerdan balandligi tahminan 19 metrni tashkil etadi. Devor 45 qatlam toshdan iborat bo‘lib, shundan 28 qatlami yerdan tepada, qolgan 17 tasi yerdan pastda joylashgan. Hozirgi kunda Yig‘i Devori yahudiylarning eng muqaddas joyi hisoblanadi. Har kuni bu yerga minglab ziyoratchilar, sayyohlar tashrif buyurishadi. Ziyoratchilar devor orasiga o‘z istaklari yozilgan qog‘ozchalarni joylashtirib, Yaratgandan iltijo qilib surashadi. Erkalar chap tarafda, ayollar o‘ng tarafda ibodat qiladilar. Har oy ushbu xatlar yig‘ishtirib olinib, maslichnaya tepaligiga ko‘miladi. Yig‘i Devoriga yahudiy bo‘lmaganlar ham belgilangan tartib asosida keyingan holda yaqinlashishlari mumkin.1948 yilgi urushdan so‘ng 1967 yilga qadar Xramovaya Iordaniya tasarrufiga o‘tgach, yahudiylar Iig‘i Devoriga kelishlariga ruxsat berilmagan. Olti kunlik urushdan keyin, Isroil armiyasi eski shaharni qo‘lga kiritgach, uning oldida ibodat qilish qayta tiklanadi. Shuningdek, Yig‘i Devori bilan bog‘liq zamonaviy odatlar ham paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Masalan, Isroil armiyasining tanlangan harbiylari shu yerda qasamyod qabul qilishlari, Isroil davlatining mustaqillik kuni va Quddusning ozod bo‘lgan kuni bayramlarida Devor oldida tantanali marosimlar o‘tkazilishini keltirish mumkin[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 237.