Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Yosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yosh (biologiyada) — organizmning tugʻilganidan boshlab uning oʻsishi, rivojlanishi, voyaga yetishi va qarishidan iborat hayoti tavsifi.

Odamlar Yo. i. O dam da kalendar Yo. (tugʻilgandan boshlab muayyan vaqtgacha oʻtgan davr) va biologik Yo. boʻladi. Biologik Yo. organizmdagi moddalar almashinuvi holati va bu jarayonlarning muayyan populyasiya uchun mos kelishiga qarab belgilanadi.

Umrning uzayishi va akseleratsiyaning rivojlanishi bilan Yo. chegarasi toʻgʻrisidagi tasavvur ham oʻzgarib boradi. Odam uchun Yo.ning eng yukrri chegarasi 115—125 yil hisoblanadi. Agar biologik Yo. kalendar Yo.dan ilgarilab ketsa, u holda vaqtidan oldin qarish deyiladi. Odam Yo.iga ijtimoiy va iqtisodiy sharoit ham taʼsir koʻrsatadi. Hayvonlar Yo. i. Yovvoyi hayvonlar Yo.i ularni tutqinlikda (mas, hayvonot bogʻida) kuzatish yoki halqalash, qishloq xoʻjaligi hayvonlari Yo.i ular tugʻilgan vaqtni qayd qilib qoʻyish yoki ularni nishonlash orqali, koʻpchilik sut emizuvchilar Yo.i tishlarining yedirilishi yoki shoxlarining holatiga, baliqlar Yo.i tangachalariga, qushlar Yo.i patlariga qarab aniqlanadi. Oʻsimliklar Yo.i urugʻning unib chiqishi yoki niholning rivojlana boshlashidan Yo. hisobga olinadigan davrgacha oʻtgan vaqt bilan oʻlchanadi. Oʻsimliklar umri oʻsimlik turiga va u oʻsayotgan sharoitga bogʻliq. Oʻsimliklar orasida bir necha haftadan (mas, bahor erofilasi, efemerlar) bir necha ming yilgacha umr koʻradigan turlari (mas, avstraliya mikrozaliyasi) bor. Koʻpchilik daraxtlar uzoq yashaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil