Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro xotin-qizlar kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xalqaro xotin-qizlar kuni
Nishonlovchilar 1910-yil
Turi
Sana 8-mart

Xalqaro xotin-qizlar kuni (dastlab Xalqaro ishchi xotin qizlar kuni deb atalgan) har yili 8-martda nishonlanadi.[1] Turli mintaqalarda nishonlash asosi umumiy ayollarga hurmat-ehtirom, tushunish va muhabbatdan boshlab, ayollarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarini nishonlashgacha turli xildadir. Aslida sotsialistlarning siyosiy harakati sifatida yuzaga kelgan boʻlsa ham bu bayram koʻp mamlakatlar madaniyatiga singib ketgan. Bu mamlakatlar asosan Sharqiy Yevropa, Rossiya va sobiq Sovet mamlakatlaridir.

Baʼzi hududlarda bayram oʻzining siyosiy maʼnosini yoʻqotdi va shunchaki erkaklar uchun ayollarga boʻlgan mehrlarini izhorlash uchun fursatga aylandi. Xalqaro xotin-qizlar kuni AQShdagi Onalar kuni va Muqaddas Valentin kunining aralashganiga oʻxshaydi. Lekin boshqa hududlarda BMT aytib oʻtgan boshidagi siyosiy va inson huquqlari mavzulari hali ham kuchli. Bu mamlakatlarda ayollarning siyosiy va ijtimoiy kurashlari tilga olinadi va umid bilan oʻrganiladi.

Ayollar uchun maxsus bir kunni tanlash haqida ilk bor 1909-yilda soʻz yuritilgan. Bu tashabbusni AQSH sosialistik partiyasi ilgari surgan. Biroq 1910-yilda Daniya poytaxti Kopengagenda boʻlib oʻtgan sosialist ayollar konferensiyasida germaniyalik Klara Setkin ayollar uchun biror kunni belgilash tashabbusi bilan chiqadi va bu qoʻllab-quvvatlanadi. Ammo ma’lum bir sana tanlanmaydi.

Ayollar kunini belgilash birinchi marta 1911-yilning 19-martiga toʻgʻri keladi. Shu kuni Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariyada millionlab ayollar namoyishga chiqadi. Oʻsha yillarda ayollar kuni ishchilar va faollarining harakatlariga bogʻliq boʻlgan. 1914-yil 8-mart sanasida Berlinda ayollar saylov huquqi uchun namoyishga yigʻildi. Mazkur namoyish ushbu sanada yuz bergan ilk haqiqiy miting edi.

70 yillarning boshlarida Gʻarbdagi ayollar ushbu sanadan oʻz haq-huquqlarini talab qilishda foydalanishga qaror qildi. Ular ijtimoiy-siyosiy tenglikni talab qilib namoyishlar uyushtirishni boshladilar. 1977-yilda BMT boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni (International women’s day) deb e’lon qildi[2].

Nishonlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro xotin-qizlar kuni quyidagi mamlakatlarda rasmiy bayramdir: Afgʻoniston,[3] Angola, Armeniya,[4] Ozarbayjon,[5] Belarus,[6] Burkina Faso,[7] Kambodja,[8] Xitoy (ayollar uchun xolos),[9] Kuba,[10] Gruziya,[11] Gvineya,[3] Eritreya,[3] Qozogʻiston,[12] Qirgʻiziston,[13] Laos,[14] Makedoniya (ayollar uchun xolos), Madagaskar (ayollar uchun xolos),[15] Moldova,[16] Mongolia,[17] Montenegro, [manba kerak] Nepal (ayollar uchun xolos),[3] Rossiya,[3] Tojikiston,[3] Turkmaniston,[3] Uganda,[3] Ukraina,[3] Oʻzbekiston,[18] Vietnam,[19] va Zambia.[20]

Baʼzi mamlakatlarda bu kun rasmiy bayram emas, lekin shunday boʻlsa ham keng nishonlanadi. Bu mamlakatlarga Kamerun,[21] Xorvatiya,[22] Ruminiya,[23] Bosniya va Gersegovina,[24] Serbiya,[manba kerak] Bolgariya[manba kerak] va Chili[25] kiradi.

  1. „UN WomenWatch: International Women's Day - History“. UN.org. Qaraldi: 2013-yil 21-fevral.
  2. „Халқаро хотин-қизлар куни. Ушбу кун ҳақида нималарни биламиз?“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021йил 9 март.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 3,8 „IRIN Asia | AFGHANISTAN: Marking International Women's Day | Afghanistan | Gender Issues“. Irinnews.org (2005-yil 8-mart). Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  4. „Armenian Holidays - ARMENIA Information“. Armeniainfo.am (1995-yil 5-iyul). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  5. arxiv nusxasi, 2008-09-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  6. (Ruscha) Presidentʼs decree on public holidays in Belarus — 1998 ( at Archive-It saytida 2017-07-05 sanasida arxivlangan)
  7. [1][sayt ishlamaydi]
  8. „2007 Cambodia Public Holiday - Cambodia e-Visa Blog“. Cambodiaevisa.com (2007-yil 4-avgust). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2012-04-25 sanasida arxivlangan)
  9. arxiv nusxasi, 2014-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  10. „Ministerio de Relaciones Exteriores de Cuba“. Cubaminrex.cu (2011-yil 8-mart). 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2012-03-16 sanasida arxivlangan)
  11. „დღესასწაულები“. Embassy.mfa.gov.ge. 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2012-03-06 sanasida arxivlangan)
  12. „Official holidays in the Republic of Kazakhstan“. E.gov.kz. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  13. „Kyrgyz and American Holidays (In Russian)“. U.S. Embassy Bishkek. 2012-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2012-05-09 sanasida arxivlangan)
  14. arxiv nusxasi, 2008-08-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-01
  15. „Madagascar 2009 Public Holidays“. Qppstudio.net. 2012-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  16. Andoza:Ro icon Article 111 (1c) of the work codex of Moldova (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan), PDF, page 53 (UK Government Web Archive saytida 2011-06-12 sanasida arxivlangan) „Article 111. Non-working holidays. (1) in Moldova, non-working holidays, maintaining the average salary, are: (…) c) March 8 — International Womenʼs Day; (…)“.
  17. „Mongolia Web News“. Mongolia-web.com. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2015-04-02 sanasida arxivlangan)
  18. „National Holidays (In Russian)“. Ministry of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2012-yil.(Archive.is saytida 2012-07-13 sanasida arxivlangan)
  19. „Hanoi streets jammed on Int’l Day for Women | Vietnam News & Information Portal“. En.www.info.vn (2011-yil 9-mart). 2011-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart. (Wayback Machine saytida 2011-03-12 sanasida arxivlangan)
  20. „Zambia 2009 Public Holidays“. Qppstudio.net. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  21. „QPPstudio.net“. QPPstudio.net. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  22. Andoza:Hr icon Zakon o blagdanima, spomendanima i neradnim danima u Republici Hrvatskoj
  23. „Ziua Internațională a Femeii. De 8 martie Google posteaza un desen pentru acest eveniment“. Agentia.org (2010-yil 24-noyabr). 2011-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  24. „Žene su heroji ovog društva (in Bosnian)“. Oslobodjenje (8-mart 2012-yil). 2012-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart 2012-yil.
  25. „Días Nacionales en Chile (in Spanish)“. Farah.cl. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.