Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Xonkandi

Koordinatalari: 39°48′55″N 46°45′07″E / 39.81528°N 46.75194°E / 39.81528; 46.75194
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xonkendidan yoʻnaltirildi)
Xonkandi
Shahar
39°48′55″N 46°45′07″E / 39.81528°N 46.75194°E / 39.81528; 46.75194
Mamlakat Оzarbayjon
Hukumat
 • Mer David Sargsyan
Avvalgi nomlari Vararakn (1847-yil)[1]
Xankendi (1923)
Maydon 2,912[2] km2 (1,124 kv mi)
Markazi balandligi 853 m
Rasmiy til(lar)i ozarbayjoncha
Aholisi
 (2020)
58 300 [2] [3]
Milliy tarkib Ozarbayjonlar, ukrainlar, ruslar, armanlar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar, shuningdek xristianlar
Telefon kodi +374 47 (9)
+994 26 22[4]
Xonkandi xaritada
Xonkandi
Xonkandi

Xonkandi, Stepanakert (ozarbayjoncha: Xankəndi)/(armancha: Ստեփանակերտ) — Оzarbayjon Respublikasidagi shahar. 1991-yil 25 dekabrdan 26 dekabrgacha oʻtar kechasi Armaniston Respublikasi Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol etilgan.

Maʼmuriy jihatdan Xonkandi shahar tobeligi doirasidagi shahr boʻlib, Xonkandi shahri va Кarkijahon shahar tipidagi poselkani oʻz ichiga oladi. Hududiy maydoni 8 km2-ni tashkil etadi. U poytaxt Bokudan 329 km uzoqlikda joylashgan. Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika komitetining 2012-yil 1 yanvaridagi rasmiy maʼlumotiga koʻra Xonkandi shahrida 53,3 nafar, Karkijahon poselkasida esa 2 ming nafar aholi yashaydi.[3] Hozirda armani qurolli kuchlarining ishgʻoli istidadir.[5][6][7][8]

Shahar nomining qisqacha tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet hokimiyati oʻrnatilgandan soʻng Оzarbayjon SSR Markaziy Ijroiya Komiteti 1923-yilning 7 iyulida „Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining tashkil etilishi toʻgʻrisida“ dekret chiqardi. Ushbu dekretda Xonkandi viloyat markazi deb eʼlon etildi. Oradan bir oz vaqt oʻtgach, ushbu shahar Stepan Shaumyan nomi bilan "Stepanakert" deb nomlandi.[9]

1991-yilda Оzarbayjon SSR Oliy Sovetining qarori bilan shaharning avvalgi „Xonkandi“ nomi qayta tiklandi.

Chegaradosh rayonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonkandi shahri Shusha va Хo’jali rayonlari oraligʻida joylashgan.

Еlizavetpol guberniyasining 1903-yilgi xaritasida Qorabog’ hududi

Xonkandi Ozarbayjonning boshqa aksar shaharlaridan nisbatan yosh ekanligi bilan farqlanadi. Arxiv hujjatlariga koʻra shahar XVIII asrning oxirlarida oʻsha davrdagi mustaqil Ozarbayjon davlatlaridan biri boʻlgan Qorabog’ xonligi hukumdorlarining — xonlarning istirohati uchun yashash maskani sifatida tiklangan. Xonlar faoliyatiga juda qulay sharoit yaratish uchun ushbu maskan xonlikning poytaxti Panohododdan (hozirgi Shushadan) 10 kilometr uzoqlikda, nisbatan togʻ etagida barpo etilgan. Bu paytda uning xonlikdagi boshqa muhim shahar va qishloqlarga, Оg’dom, Xo’jali, Molibeklik, Karkijahon va boshqalarga yaqin boʻlishi hisobga olingan. Binobarin, ushbu yangi aholi mintaqasi kabi boshqa aholi mintaqalarida ham faqat yerli aholi — оzarbayjonliklar yashar edi. Dastlabki yillarda bu yashash maskani faqat xon oilasi yashagani bois xalq orasida u „Xonning kenti“ sifatida tanilgan. Qisqa bir muddatdan soʻng ushbu qasaba Xonkandi nomini olgan.

1805-yil 14 mayda Garabagh xonligi rus qirollari bilan birlashganda, Xankendi Qorabog xoni Mehdiqulu Xonning xotini Parikahon Beyga topshirildi.

Rossiya ishgʻoli davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
1801-1813 chegaralarini belgilash bilan Kavkaz viloyati xaritasi Kavkaz harbiy okrugi, podpolkovnik Tomkievym bosh qarorgohida harbiy tarix fakulteti tuzilgan edi. Tbilisi 1901-yil.

Qorabogʻ xonligini zoʻravonlik bilan Rossiyaga birlashtirgan 1813-yilgi Guliston bitimiga qadar Xonkandi faqat xon oilasi va unga yaqin boʻlgan kam sonli aʼyonlar yashagan kichik qasaba sifatida shakllangan. Qorabogʻning Rossiya tomonidan ishgʻol etishi, barcha viloyatlarda boʻlgani kabi, Xonkandining taqdiriga ham jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalgi hayot tarzi barham topdi, Ozarbayjon jamiyatiga xos anʼanaviy sulolalarga boʻlinish taqiqlab qoʻyildi, hamma narsa imperiya manfaatlariga boʻysundirildi. Ayni paytda qadimda xonlik hududida tez-tez sodir boʻlib turadigan isyonlarning oldini olish uchun butun hudud boʻylab harbiy qismlar joylashtira boshlandi. Ana shunday qismlardan biri Xonkandiga joylashtirildi. Bu yerda harbiy qism uchun juda qulay edi. Bir tomondan chor hukumatiga tobe boʻlishni istamagan Shushani va shu atrofdagi Ozarbayjon maskanlarini nazoratda saqlab turish mumkin edi. Boshqa tomondan, Xonkandiga Erondan koʻchirib keltirilgan va rus harbiy bazalarida ularga xizmat etishi lozim boʻlgan armani oilalarini joylashtirish rejasi ham mavjud edi. Chor chinovniklariga, boshqa hududlarda boʻlmasa ham, Xonkandida etnik nisbatni muayyan darajada buzish imkoniyati paydo boʻldi. 1813-yilda Xonkandida hech qanday armani va rus oilasi yashamagan boʻlsa-da, 1847-yilda bu yerda 80 armani, 52 rus oilasi yashaydigan uy va armani cherkovi mavjud edi. Rossiya ishgʻolidan soʻng oradan koʻp oʻtmay bu yerga chor armiyasi hamda Kavkaz Otliq diviziyasining qarorgohi va kazarmalari joylashtirildi. Armanilar va rus zobitlarining yashash maskanlari „qarorgoh“ deb atalsa-da, 1847-yildagi chor Rossiyasi xaritalariga ushbu qasaba rasmiy ravishda Xonkandi nomi bilan tushgan. Chor ishgʻolidan keyin kattalashib qolgan Xonkandi shahriga bir qoida sifatida Erondan koʻchirib keltirilgan armanilar joylashtirildi, ular eʼtibor qozonganliklari uchun ham chor armiyasining harbiy qismlarida va davlat idoralarida ish bilan taʼmin etildilar. 1900-yilda Xonkandida endilikda 3 ming aholi yashar, hatto boshlangʻich maktab ham faoliyat koʻrsatardi. Shaharda Sujeno-Vladikavkaz Tersk kazak qoʻshinlari posti joylashtirildi. Maʼlum maqsadda olib borilgan etnik siyosat natijasida oʻtgan asrning boshlarida Xonkandida armani va rus aholisining miqdori ancha koʻpayib qoldi. Biroq shu bilan birgalikda shaharda anchagina xon avlodi vakillari, ozarbayjon ziyolilari, musiqachilar va sanʼatkorlar yashar edilar. Maʼlum maqsadda olib borilgan izolyatsiya siyosatiga qaramay, ular Xonkandida jiddiy soʻz sohiblari edilar va hokimiyat ular bilan hisoblashishga majbur edi.

Jumhuriyatning keyingi ahvoli

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yilda Rossiya imperiyasida sodir boʻlgan Оktabr inqilobidan keyin Janubiy Kavkazda roʻy bergan murakkab jarayonlar Xonkandini ham chetab oʻtmadi. XIX asrda tarixan Ozarbayjon davlati boʻlgan Iravon xonligi tuproqlarida joylashtirilgan armanilar bu yerda Armaniston davlatini eʼlon etdilar. Bu bilan ham kifoyatlanmagan armani millatchilari Ozarbayjonning Naxchivon, Zangazur, Tog’li Qorabog’, umuman butun Ozarbayjon tuproqlariga iddao eta boshladilar. Shu maqsadda armani harbiy birlashmalari ushbu hududdagi ozarbayjonliklar yashaydigan shahar va qishloqlarga hujum qilar, tinch aholini qatliom etardilar. Bоku, Shomoxi, Ko’kchoy, Zangazur qirgʻinlariga oid arxiv hujjatlari hozir ham mavjud. Ushbu davrdagi qonli qarama-qarshiliklar ayni paytda Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻ hududida, shu jumladan Xonkandida ham sodir boʻldi. Armani millatchilari bir paytlar oʻzlari xizmat qilgan, Xonkandida joylashgan chor armiyasi harbiy qismining imkoniyatlaridan ham keng foydalandilar. Keyinroq, 1992-yil 26 fevralda ular ushbu usulni takrorlagan holda, Sepanakertda joylashgan va tugatilgan Sovet Armiyasining 366-polkidan foydalangan holda Xo’jali ommaviy qirg’inini amalga oshirdilar. 1918-1920-yillarda mustaqil Оzarbayjon Jumhuriyati hukumati olib borgan siyosat va Ozarbayjon Armiyasining qatʼiyati natijasida armani millatchilarining Tog’li Qorabog’ va Xonkandi iddaolarini bartaraf etish mumkin boʻldi.

Ozarbayjon Sovet imperiyasi tomonidan ishgʻol etilgandan keyin oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish natijalariga koʻra 1921-yilda Xonkandi qasabasida 85 xoʻjalikda 398 nafar ozarbayjonlik, 226 xoʻjalikda 981 nafar armani yashar edi. Sovet hokimiyati yillarida armani millatchi doiralarining Ozarbayjon tuproqlariga iddaolari Lenin, Stalin va Orjonikidzelarning qoʻllab-quvvatlashi bilan yangicha tus ola boshladi. 1920-yilda Ozarbayjon Kommunistik Partiyasi MKning birinchi kotibi Anostas Mikoyan va 1921-1925-yillarda ushbu lavozimni egallab turgan armaniparast bulgʻor Sergey Kirovlar olib borgan siyosat ham ushbu jarayonga rivoj berdi. Ushbu siyosat natijasida 1923-yilning 4 iyulida Rossiya Kommunistik Partiyasi Markaziy Komiteti Zakavkazye byurosining majlisida Ozarbayjon Togʻli Qorabogʻ oʻlkasining taqdiri masalasi muhokama etildi.

Ozarbayjon tuproqlarining taqdirini bunga istisnosiz huquqi boʻlgan Ozarbayjon xalqi emas, yuqoridagi siyosiy tashkilot byurosining 9 nafar aʼzosi hal etishga kirishdi. Ularning esa 3 nafari armani, 3 nafari gruzin, 1 nafari bu oʻlkaga tamoman begona boʻlgan bulgʻor, faqat bit nafari — Narimon Narimonovgina ozarbayjonlik edi. Ushbu koʻpchilik esa mazkur majlisda barcha qonunlar va haqiqiy ahvolni bir chekkaga surib qoʻyib, Togʻli Qorabogʻni Armanistonga berish qaroriga keldi. Biroq N.Narimonovning Moskvaga bildirgan qatʼiy eʼtirozi natijasida bir kun keyin byuro oʻzining avvalgi qarorini bekor qilib, oʻlkaga muxtoriyat berish orqali uni Ozarbayjon tarkibidan saqlab qolish qarorini chiqarishga majbur boʻldi. Aftidan, Lenin, Stalin endilikda Iravon, Zangazur va Koʻkchoy qoʻlidan ketgan Ozarbayjon Qorabogʻni ham boy bergach, keskin vaziyat vujudga kelishini hisobga olgan koʻrinadilar. Ozarbayjonning oʻsha paytdagi rahbarlari chetdan kelganlar — 1921-yilda A.Mikoyan, 1921-25 yillarda esa S.Kirovlardan iborat boʻlganligi ham mazkur respublikaning ikkinchi Armaniston sifatida qabul qilinishi uchun sharoit yaratar edi. Shunday qilib, RKP MK Zakavkaye byurosi Togʻli Qoraboqqa markazi Shusha shahri boʻlgan Ozarbayjon tarkibidagi muxtoriyat maqomini berish haqida qaror qabul qildi. Biroq oʻsha paytda Ozarbayjonning rahbari boʻlib turgan armaniparast Sergey Kirov va uning atrofidagilar sof ozarbayjonliklar shahri boʻlgan Shushada armani muxtoriyatini oʻrnatish mushkul boʻlishini idrok etardilar. Shuni nazarda tutmoq kerakki, Zakavkazye byurosining yuqorida taʼkidlab oʻtilgan har ikkala majlisida ham Ozarbayjon rahbari S.Kirov Togʻli Qorabogʻning Armanistonga berilishi variantini himoya qilib chiqqan edi. 1923-yil 7 iyulda Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Komiteti Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Viloyatni armanilashtirish maqsadida, byuro qaroriga zid oʻlaroq, aholisining yarmiga qadari armani boʻlgan Xonkandi viloyat markazi qilib tanlandi.

Armanparast Kirovning qoʻllab-quvvatlashi natijasida qisqa bir muddatdan soʻng Xonkandining nomi ham oʻzgartirildi. Ozarbayjon Markaziy Ijroiya Komitetining 1923-yil 6 oktabr qarori bilan, TQMV Armani aholisining „murojaati“ hisobga olingan holda, Xonkandi qasabasining nomi oʻzgartirilib, unga Sepanakert nomi berildi. Nimaga asosan butun viloyat aholisining emas, faqat armani aholisining murojaati hisobga olindi, degan savolga esa hamon javob yoʻq. Stepan Shaumyanning Ozarbayjonga 1914-yilda kelib, 1918-yilda gʻoyib boʻlganligi, 1917-1918-yillarda Ozarbayjonga qarshi qatliomlar tashkilotchisi boʻlganligi, uning Togʻli Qorabogʻ bilan, konkret olganda, Xonkandi bilan hech qanday aloqasi yoʻqligi oʻsha paytdagi respublika rahbariyatini mutlaqo qiziqtirmadi. To hozirgacha armani bosqinchilarining ishgʻoli ostida qolib kelayotgan Xonkandini bolshevik va qatliom tashkilotchisi boʻlgan Shaumyan nomi bilan atalishi ularning asl maqsadlaridan darak beradi. Biroq butun sovet davri mobaynida Ozarbayjon jamoatchiligining shaharni gʻayrirasmiy ravishda Xonkandi deb atashi davom etdi. Keyinchalik tarix shuni isbotladiki, Moskvaning maqsadi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini saqlab qolish emas, balki uning ichkarisida Armani millatchiligining tayanchi sifatida doimo muammolar keltirib chiqaradigan markazni vujudga keltirishdan iborat boʻlgan. TQMV tashkil etilgandan soʻng, SSSR parchalangunga qadar, nainki Xonkandining, balki viloyatdagi barcha katta-kichik tashkilotlarning rahbarligiga faqat armani millatidan boʻlgan shaxslar tayinlanar edi. Mintaqa va shahar tarixi, madaniy anʼanalari va etnik tarkibi bir chekkaga surib qoʻyilib, faqat armanichilik yoʻnalishini boʻrttirib koʻrsatishga urinilar edi. Masalan, 1926-yilda Ozarbayjon KP MKning birinchi kotibi Levon Mirzoyan (u 1926-1929-yillarda respublikaga rahbarlik qilgan) Xonkandining bosh rejasini ishlab chiqish uchun Armanistondan Ozarbayjonga Aleksandr Tamanyan degan arxitektorni chaqiradi. Bu oʻz rahbarligining oxirgi yilida Ozarbayjonning asosiy qismi bilan Naxchivon hududi oʻrtasidagi Migʻri rayonining (armanilar keyinchalik unga Megri deb nom berdilar) Armanistonga berilishiga va Naxchivonning anklavga aylanib qolishiga sababchi boʻlgan oʻsha Mirzoyan edi. A. Tamanyan ushbu mintaqa uchun begona odam edi. U faqat 1923-yildagina 46 yoshida oʻzi tugʻilgan va doimiy yashab kelgan Rossiyadan Erevanga koʻchib kelib, Armaniston Xalq Komissarlari Sovetining bosh muhandisi etib tayinlanadi. Iravonda ham, Bokuda ham Yevropa darajasida tanilgan anchagina yerli ozarbayjonli arxitektorlar borligiga qaramay, qadimiy Ozarbayjon shaharlari bosh rejasini ishlab chiqish faqat unga topshirildi. U 1924-yilda Iravonning (keyinchalik armanilar uni Erevan deb nom berdilar), 1927-yilda Boyazidning, 1925-yilda Gumruning (keyinchalik armanilar unga Leninakan deb nom berdilar), 1927-28-yillarda Uchmuazzanning (keyinchalik armanilar unga Echmiadzin deb nom berdilar) bosh rejasini ishlab chiqdi. Shu bilan Armanistonga berilgan ushbu shaharlarning sharq arxitekturasi, asrlardan asrlarga oʻtib kelgan taraqqiyot yoʻli va madaniy qiyofasi yoʻqqa chiqdi. A.Tamanyanning taklifi va Ozarbayjon rahbari L.Mirzoyanning roziligi bilan 1926-yilda Xonkandining bosh rejasi qabul qilindi. Bu reja esa Qorabogʻ shahr qurish madaniyatiga batamom zid edi. Shunisi qiziqki, A.Tamanyanning nevrasi va adashi Aleksandr Tamanyan 1988-yildan boshlangan Qorabogʻ armani jamoatining separatchilik harakatiga faol ishtirok etdi.

Xonkandi Qorabogʻ xonlarining istirohat maskani sifatida barpo etilgan boʻlsa-da, XX asrda u Ozarbayjonning yangi sanoat va madaniyat markazi sifatida taraqqiy eta boshladi. Ushbu davrda mazkur ishga hamisha Ozarbayjonning umumiy respublika resurslaridan katta ulushlar ajratib kelindi. Shu bois ham uning barcha sohalar boʻyicha rivoji Ozarbayjonning boshqa shaharlariga nisbatan yanada yuksakroq sur’atlarda kechdi. 1939-yilda shaharda 10 ming, 1959-yilda 20 ming, 1970-yilda 30 ming, 1988-yilda 60 ming aholi yashagan. Ushbu raqamlar Togʻli Qorabogʻ mintaqasining sotsial taraqqiyotdan chetda qolganligi haqida armani millatchilarining 1988-yilda oʻrtaga tashlagan iddaolarini butunlay inkor etadi. Chunki har 20 yilda aholi sonining ikki barobar oshib borishi har qanday viloyat shahri uchun katta taraqqiyot koʻrsatkichi edi. Ortib borayotgan aholi uchun nafaqat uy-joylar qurilar hamda shunga mos ravishda sotsial va kommunal infrastrukturalar yaratilar, ayni paytda ular uchun ish joylari sifatida zamonaviy korxonalar ham barpo etilar edi. Ayni zamonda bu faqat Xonkandi uchungina emas, balki butun Togʻli Qorabogʻ uchun ham xarakterli hol edi. Shuni eslatib oʻtish maqsadga muvofiq boʻlur ediki, bularning barchasi Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining hisobidan emas, necha oʻn yilliklar mobaynida butun Ozarbayjonning moliyaviy — texnikaviy resurslari hisobidan va uning irodasi bilan amalga oshirib kelindi. Xonkandida barpo etilgan korxonalar qadim muxtor viloyat sanoat mahsulotining yarmidan koʻprogʻini ishlab chiqarar edi. Sovet davrining oxirlarida Xonkandida butun Janubiy Kavkazda mashhur boʻlgan ipak kombinati, poyabzal, gilam, tikuvchilik fabrikalari, sut kombinati va sharob zavodi faoliyat olib borardi. Elektronika zavodi, mebel fabrikasi, qurilish materiallari kombinati, asfalt-beton zavodi mahsulotlari Ozarbayjonning ichki bozorida oʻz xaridorlariga ega edi.[10]

Xonkandi jadal sur’atlarda kengayib borishi natijasida 1978-yilning mayida shahar maqomini oldi. U Xonkandi rayoniga tobelikdan chiqarildi, ushbu rayonning nomi esa oʻzgartirilib, Askaron rayoni deya nomlandi.[11]

Qorabogʻ urushi davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yilda Armaniston SSRdan kelgan armani millatchi emissarlarining tashkilotchiligi bilan Xonkandida armanilar Togʻli Qorabogʻni Ozarbayjondan ajratib olib, Armanistonga berilish talabi bilan ruxsatsiz mitinglar oʻtkaza boshladilar. Dastlabki miting 1988-yilning 13 fevralida Xonkandining markaziy maydonida tashkil etildi. Shundan bir hafta keyin, 20 fevralda Togʻli Qorabogʻ Oliy Sovetidagi armani deputatlar qonunsiz ravishda viloyatning Ozarbayjon tarkibidan ajratib olib, Armaniston SSRga birlashtirilishi masalasini koʻtarib chiqdi. Bu Togʻli Qorabogʻdagi Ozarbayjon jamoatchiligining haqli noroziligiga sabab boʻldi. Shundan soʻng Sovet rahbariyati viloyatdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun Xonkandiga Ichki Qoʻshinlar batalyonini joʻnatdi. Ushbu oylardan eʼtiboran armanilarning ozarbayjonliklarga qarshi terrorchilik harakati boshlanib ketdi. Xonkandi armanilari Shushaga keladigan suv tarmogʻini zaharlashga harakat qildilar. 20 fevralda Xonkandining markaziy shifoxonasida amaliyot oʻtkazayotgan ikki ozarbayjonlik qiz armanilar tomonidan zoʻrlandi. 2 kun keyin esa buning qasdini olmoq uchun yuzlarcha ozarbayjonlik yoshlar Ogʻdomdan Xonkandiga yurish qildilar. Ularning bu yurishi Askaronda qurolli armanilar va rus askarlari tomonidan bostirildi. Sodir boʻlgan toʻqnashuvda ikki ozarbayjonlik oʻldirildi, koʻplab kishilar yaralandi. Bu yoshlar keyinchalik yillarcha davom etadigan Togʻli Qorabogʻ mojarosining ilk qurbonlari boʻldilar.

25 maydan eʼtiboran Viloyat partiya komitetida mas’ul lavozimda ishlaydigan ozarbaayjonliklar ishdan boʻshatildi. Armanilar dastlab 1988-yilning 18 sentabrida Xoʻjaliga hujum qildilar. Ular qattiq qarshilikka duch kelgach, Xonkandida yashaydigan ozarbayjonliklarning uylariga bosqinlar uyushtirdilar. Mayor Shaxbazyan boshchiligida ham mahalliy militsiya idorasida, ham Armanistonda ishlaydigan militsiya xodimlaridan iborat guruhlar tuzildi. Ozarbayjonliklar yashaydigan uylarga oʻt qoʻyish maqsadida ushbu guruhlardan har biri bitta koʻchani nazorat ostiga oldi. Zavodskoy koʻchasi, Pushkin koʻchasi, U.Hojibekov koʻchasi, „Oʻzbekiston“ koʻchasi, Bazarnaya, TQMV — 50 koʻchalaridagi uylarga hujum qilib, turli-tuman vositalar bilan ularga oʻt qoʻya boshladilar. Sobir va Lesnoy koʻchalariga ham hujum qilgan armanilar bu yerda qarshilikka duch kelgach, ortga chekinishga majbur boʻldilar. Shundan keyin M.Poshoev, Timiryazev, Mogilevskiy va Admiral Isakov koʻchalarida ham yongʻinlar tashkil etdilar. Umuman olganda 59 ta uy yoqib yuborildi. 18 sentabrdan 20 sentabrgacha armanilar talon-toroj va vayronkorlik ishlarini davom ettirdilar.[12] Shunday qilib, 1988-yilning sentabr oyida armanilar Xonkandi shahrida yashaydigan barcha ozarbayjonliklarni shahardan zoʻravonlik bilan haydab chiqardilar. Xonkandida Ozarbayjon byudjeti malagʻlari hisobiga qurilgan sanoat korxonalarining rahbarlari armanilar edi. Ushbu korxonalar yashirin ravishda oʻq otish qurollari va minalar ishlab chiqarib, ularni Armani qurolli guruhlariga tarqatdilar. 1991-yilning dekabr oyida SSSR oʻz faoliyatiga nuqta qoʻydi. Oʻzlari uchun qulay fursat kelganini anglagaan Xonkandidagi armanilar darhol shaharda joylashgan harbiy bazaga hujum qilib, u yerdagi barcha qurollarni qoʻlga kiritdilar. Toʻqnashuv paytida bir necha qurolli armani va bir rus askari oʻldirildi. Bazadagi rus askarlarining bir qismi armanilar tomonidan turib urishishga rozilik bildirdi, rozi boʻlmaganlar esa Qorabogʻdan quvib chiqarildi. Lekin bundan ancha avval Xonkandida joylashgan 366 -moto-oʻqchi qismidagi rus askarlari oʻz qurollarini armanilarga sota boshlagan edilar. 1991-yilda Qorabogʻda boʻlgan amerikalik huquq himoyachisi Skot Harton bu borada shuni yozadiki, harbiy bazada xizmat qiladigan rus zobiti uni mahalliy biznesmenlardan deb oʻylab, unga bir tankni 3000 AQSH dollari evaziga sotib olishni taklif etadi. Baʼzi bir guvohlar esa ruslar oʻz qurollarini aroq evaziga armanilarga ayribosh qilganini aytishadi. Jang davomida Ozarbayjon Armiyasining qismlari bir necha bor Xonkandiga yaqinlashib kelsa ham, shaharni ishgʻoldan ozod etish mumkin boʻlmadi.[13]

Jangdan keyingi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorabogʻ urushi davrida Xonkandi shahri katta vayronagarchilikka uchradi. Biroq urushdan soʻng armanilar xorijdagi diasporalar yordamida Xonkandini qayta tikladilar. Shuni ham qayd qilib oʻtish lozimki, armanilar oʻzlari ishgʻol etgan boshqa rayonlarning shahr markazlarini talon-toroj etib, ular vositasida Xonkandi va ushbu Togʻli Qorabogʻdagi boshqa shaharlarni juda arzon mablagʻlar bilan qayta tikladilar. Bundan tashqari, armani diasporasining yordami bilan 1999-yilda Gorus shahridan Xonkandigacha uzunligi 64 km boʻlgan shosse yoʻli qurib bitkazildiki, bu yoʻl Armaniston bilan ishgʻol etilgan hududlarni birlashtirib turadigan yagona yoʻldir.[14] 2000-yilda Xonkandida Togʻli Qorabogʻ Respublikasining „prezidenti“ Arkadiy Kukasyanga qarshi suiqasd uyushtirildi. Kukasyan ushbu hujum natijasida omon qoldi. Ushbu suiqasd tashkilotchisi sifatida Qorabogʻdagi armani armiyasining qoʻmondoni boʻlgan Samvel Babayan qoʻlga olinib, 14 yillik qamoq jazosiga hukum qilindi.

Shaharda terror, suiqasd va hujum aktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1988-yilning yozida Xonkandi bolalar shifoxonasida vrach-rentgenolog boʻlib ishlaydigan, asli ogʻdomlik boʻlgan xodim armanilar tomonidan shifoxona hovlisida kaltaklanib, soʻngra qatl etildi.
  • 28.06.1989-yilda armanilar tomonidan Badara qasabasidan Meshaliga boradigan shosse yoʻliga qoʻyilgan portlovchi qurolning ishga tushishi natijasida mashinadagi 6 nafar Ozarbayjon fuqarosi ogʻir jarohat oldi.
  • 1991-yil 20 sentabrda shahardagi Shusha — Ogʻdom yoʻini birlashtirib turadigan Xalifalichoy ustidagi koʻprik portlatildi. Ushbu jinoyatni amalga oshirgan Artur Amramyan qamoqqa olindi va 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
  • 1990-yilning may oyida Boku — Xonkandi poyezdi va Xonkandi — Ogʻdom avtobusi portlatildi.
  • 1990-yilning iyunida xonkandilik Ashraf va Alamshoh degan ikki ogʻa — ini 336 -moto-oʻqchi qism oldida tiriklayin yoqib yuborildi.
  • 1991-yilning 15 sentabrida Xonkandidagi radio-televidenie stansiyasi portlatildi. Hozirga qadar ushbu hodisada qoʻli boʻlganlarning nomlari nomaʼlumligicha qolmoqda.
  • 1991-yilning 5 yanvarida Karkijahon hududiga armanilar tomonidan hujumlar uyushtirildi. Natijada qasaba 3 nafar kishisidan ajraldi. Biroq armanilar tomonidan ham koʻpgina yoʻqotishlar sodir boʻldi.
  • 1991-yilning 9 yanvarida Bakmanyan Akop Gavrushovich va Antonyan Artusha Grigorovich tomonidan TQMVning ichki ishlar idorasining raisi general mayor V.Kovalevning hayotiga suiqasd qilindi. Bunga sabab sifatida uning ozarbayjonliklarning himoya qilgani va yuqori doiralardan koʻrsatma olgani koʻrsatiladi.
  • 1989-yilning oktar oyida uyiga qaytayotgan ikki nafar karkijahonlik otib oʻldirildi.
  • 1991-yilning 4 fevralida armanilar ozarbayjonliklar yashaydigan bir necha binoni portlatdilar va oʻqqa tutdilar.
  • 1991-yilning yozida Xonkandi — Shusha avtomobil yoʻlida SSSR IIV Ichki Qoʻshinlar mayori L.Xomich oʻldirildi.
  • 1991-yilning 24 fevralida Shushadan Ogʻdom rayoniga ketayotgan „PAZ-3205“ davlat nomerli avtobus shahar hududida portlatilishi natijasida 7 kishi halok boʻldi.
  • Shuning bilan birgalikda armanilar ushbu dar mobaynida koʻpgina oʻgʻirlik va talonchiliklarni ham amalga oshirdilar. Binoarin, Karkijahon, Jamilli va Koʻsalar hududidagi aholining mol-holi, mayda shoxli hayvonlari yo oʻgʻirlandi, yoki otib oʻldirildi.
  • 1994-yilning 18 martida Xonkandi osmonida Armani terrorchilari tomonidan Eron Harbiy Havo Kuchlariga qarashli boʻlgan „Gerkules“ rusumidagi samolyot urib tushirildi, natijada 36 kishi haloq boʻldi.

Xonkandi shahri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonkandi shimoldan Kalbajar, Tartar, Oqdara, Og’dom, janubdan Shusha, sharqdan Xo’javand, g’arbdan Lochin, markazdan esa Xo’jali va Asgaron rayonlari bilan qamrab olingan. Xonkandi boshqa Ozarbayjon shaharlarining aksariyatidan nisbatan yosh ekanligi bilan farqlanadi. Arxiv hujjatlariga asosan shahar XVIII asr oxirlarida Qorabog’ xonlarining dam olishi uchun turarjoy sifatida barpo etilgan. Xonlarning faoliyatiga maksimum sharoit yaratilishi uchun makon xonlik poytaxti Panohobod (hozirgi Shusha)dan 10 kilometr narida,nisabatan tog’ etagida barpo etiladi.[15]

Xonkandi Qorabog’ xonlarining istirohat maskani sifatida barpo etilsa ham, XX asrda u Ozarbayjonning yangi sanoat va madaniyat markazi sifatida rivojlana boshlaydi. Bu paytda bu ishga Ozarbayjonning umumiy respublika resurslaridan muntazam yordam berib turiladi. Shu tufayli ham uning barcha sohalar bo’yicha taraqqiyoti boshqa Ozarbayjon shaharlaridan tezroq amalga osha boshlaydi. Rivojlanayotgan shaharda aholining ko’payishi ham ko’zga ko’rina boshlaydi. Ortib borayotgan aholi uchun nafaqat turarjoylar quriladi, balki muvofiq ijtimoiy va kommunal infrastruktura tuzilardi, ayni vaqtda ular uchun ish joylari bo’ladigan zamonaviy muassasalar qurilardi. Xonkandida qurilgan muassasalar viloyatning sanoat mahsulotining yarmidan ko’pini ishlab chiqarardi. Xonkandi Janubiy Kavkazda mashhur bo’lgan ipak kombinati, oyoq kiyim, gilam, tikuv fabrikalari, sut kombinati va vino zavodi faoliyat ko’rsatardi. Elektrotexnikaviy zavodning, mebel fabrikasining, qurilish materiallari kombinatining mahsulotlari esa Ozarbayjon ichki bozorida o’ziga xos o’rin tutardi.

Ozarbayjon Markaziy Ijroiyya Qo’mitasi Sovetlarining 07.07.1923-sanasidagi Dekretiga asosan Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati tuzilganda, ushbu viloyat markazi Xonkandi shahri bo’lgan. 1923-yil 18-sentabrda esa Qorabog’ Viloyat Partiya Qo’mitasi qarori bilan Xonkandi shahri nomi o’zgartirilib, Stapanakert shahri deb ataldi.[15]

Ozarbayjon SSR Bosh Soveti Prezidiumi majlisining 1939-yil 1-fevralidagi Protokoliga asosan Stepanakert shahri rayonga bo’ysunuvchi shaharlar kategoriyasidan Muxtor Viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar kategoriyasiga o’tdi.[15]

Ozarbayjon SSR Oliy Rayosat Hay’atining 1978-yil 15-may 837-IX sonli Farmoni bilan Stepanakert rayoni markazi Stepanakert shahridan Asgaron ishchi posyolkasiga o’tkazilgan va Stepanakert rayoni Asgaron rayoni deb ataldi.[15]

Ozarbayjon SSR Oliy Rayosat Hay’atining 1990-yil 21-aprel 1783-XI sonli Farmoniga asosan Stepanakert shahri Karkijahon turarjoy massivi shahar turidagi posyolkalar kategoriyasiga kiritildi va Stepanakert Shahar Soveti tarkibida Karkijahon Posyolka Soveti yaratildi.[15]

“Ozarbayjon Respublikasining Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatini bekor qilish haqida”gi 26 noyabr 1991-yildagi 279-XII son Ozarbayjon Respublikasi Qonuniga asosan Stepanakert shahri Xonkandi shahri, Mardakert shahri Oqdara shahri va Martuni rayoni Xo’javand rayoni deb nomlandi. Asgaron va Hadrut rayonlari bekor qilindi. Xo’jali shahri markazga aylantirilib, Xo’jali rayoni tuzildi, bekor qilingan Asgaron rayoni maydoni Xo’jali rayoni tarkibiga, Hadrut rayoni hududi esa Xo’javand rayoni hududiga qo’shildi. Xonkandi va Shusha shaharlari respublikaga bo’ysunuvchi rayonlar qatoriga kiritildi.[15]

Uzoq yillar mobaynida аrmanilar Xonkandi shahriga koʻchib keldilar. Dastlabki koʻchish 1800-yilda, Ibrohimxalilxon Javonshir davrida sodir boʻldi. Shundan soʻng 1804, 1850, 1890, 1915, 1937 va 1951-yillarda minglarcha armani bu yerga koʻchib keldi. Eng oxirgi koʻchish 1988-yilda Sumgayit armanilarining koʻchishi boʻldi. Ular asosan Xonkandi, Karkijahon, Koʻsalar, Bahlulun, Jamilli hududlariga kelib joylashdilar.

Hozirda Xonkandi aholisining katta qismi Boku, Absheron, Pirshog’i, Mardakon, Zug’ulba, Ganja, Sumgait, Nasimiy rayoni, Og’chabodi, Naftalon va Оg’chakand hududlarida yashaydi. Qorabogʻ urushining dastlabki majburiy koʻchkinlari boʻlgan Xonkandi jamoati Ganjaning „Uzumchilik Sovxozi“ degan hududda yashaydi. Bugungi kunda armani manbalarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra shahar aholisi 50.000 kishidan iborat. Mustaqil manbaar esa shahar faktik aholisining soni bundan bir necha marta kam ekanligini koʻrsatadi. Shaharda yashaydigan barcha aholi etnik armanilardan iborat. Shaharda ozarbayjonliklar va boshqa har qanday millat vakillarining bu yerga koʻchib kelib yashashiga ruxsat berilmaydi.

Etnik tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xonkandi shahri: 1979-yilgi roʻyxatga olishi
Etnik guruhlar Aholi soni (nafar) [16]
Ozarbayjonlar 4.303 (11,0 %)
Ukrainlar 82 (0,2 %)
Ruslar 549 (1,4 %)
Armanlar 33.898 (87,0 %)
Butun shahar boʻyicha 38.948 (100 %)

Geografik mavqei

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xonkandi shahri Оzarbayjon Respublikasi xaritasida, eski Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyatining xaritasida.

Tog’li Qorabog’ning markazi. Qarqarchoyning qirgʻogʻida, Qorabog’ togʻ tizmasining sharqiy etagida, Bokudan 329 km uzoqlikda joylashgan. Hududning katta qismi togʻlik, togʻ etagi zonalaridan iborat.

Oʻsimlik dunyosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonkandi va uning atroflarida bir qancha noyob oʻsimlik navlari mavjud.

  • Oddiy shobolid (Castanea sativa Mill.) — areali asta — sekin kamayib borgan relikt nav boʻlib, dengiz sathidan 600 – 1100 m yuqorida, quyi togʻliq mintaqaning shimoliy nishabliklarida, qoʻngʻir-gil tuproqlarda oʻsadi. Xonkandining Moʻshxmaat kenti atroflarida uchraydi.
  • Hirqon anjiri (Ficus hyrcana Grossh.) — Ozarbayjon endemi boʻlib, quyi togʻliq mintaqaning nam-yumshoq iqlim sharoitida oʻsadi. Shusha, Xonkandi atroflarida tarqalgan.
  • Hirqon shamshodi — pirkol (Ilex hyrcana Pojark.) — yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan relikt nav boʻlib, (Kavkaz va Eron Islom Respublikasi endemi) tarqoq holda pista, pista-bodom va aralash oʻrmonlarda, buta sifatida Xonkandining Bodara va Tosholti kenti atroflarida uchraydi.
  • Toqdonli bugʻdoy (Triticum monococcum L.) — juda kamyob nav boʻlib, quruq, changalzor, gilli, qumli nishabliklar, unumdorligi past tuproqlarda oʻsadi. Lochin rayoni hududida va Shusha atroflarida, Xonkandi hududidagi Shushakand, Toʻpxona atroflarida uchraydi.
  • Uzunbargli toʻzbosh sahlab (Cephalanthera longifolia (L.) Fritsch) — areali torayib borayotgan, kam uchraydigan nav boʻlib, quyi hamda oʻrta togʻliq mintaqaning oʻrmon va butazorlarida tarqalgan. Xonkandi shahri atroflarida uchraydi.
  • Qayinbarg ozot (Zelkova carpinifolia (Pall.) C. Koch. (Z. hyrcana Grossh. et Jarm.)) — Каvkaz va Eronning noyob relikt navi boʻlib, dengiz sathidan 1300 – 1500 m balandlikda sof yoki aralash oʻrmonlar hosil qiladi. Yuqorida taʼkidlab otilgan iqtisodiy-geografik rayondagi Xonkandi va Shusha atroflarida, Xoʻjavandning Domi, Oxulli, Fuzuliyning Huqa kentlari atrofida tarqalgan.[17]

Bu yerlarning iqlimi asosan yumshoq. Togʻli hududlarda joylashgani uchun qishda hudud sovuq, yozda esa salqin boʻladi.

Fasl Harorat
Bahor 8-15 °C
Yaz 30 °C va undan yuqori
Kuz 1 °C-4 °C
Qish −10 °C va undan yuqori

Iqtisodiy xarakteristikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Talaba prospekti

Xonkandi Ozarbayjonning taraqqiy etgan sanoat markazlaridan biri boʻlgan. Yengil va oziq — ovqat sanoati rivojlangan. Elektrotexnika, avtomobil taʼmirlash va asfalt — beton zavodlari, mebel fabrikasi, qurilish materiallari, sanoat, ishlab chiqarish va oʻquv qurollari ishlab chiqarish kombinatlari mavjud. Shaharda 3 ta sovxoz va 1 ta kolxoz faoliyat koʻrsatar edi. Bu sovxozlarda gʻalla, bugʻdoy, arpa, paxta, ildizmevalar, karam, piyoz, tarvuz va boshqa ekinlar ekilar edi. Shahardagi yagona kolxozda asosan yilqichilik va chorvachilik ustun darajada rivojlangan edi. Bu yerda Qorabogʻning zotdor otlari yetishtirilar edi.

Shuningdek, shaharda nashriyot ishari ham juda taraqqiy topgan edi. SSSR davrida shaharda uchta gazeta ("Qorabogʻ ", „Xonkandi“ va „Komsomol yoshlar“) faoliyat koʻrsatardi. 1978-yilda Xonkandi Yosh jurnalistlar uyi ham ochilgan edi.

Armani diasporasining mablagʻlari hisobiga shaharda bir nechta otel barpo etilgan. Bu otellarda asosan Togʻli Qorabogʻ sayohatiga kelgan armani diasporasi vakillari turadilar. Ayni paytda ish joylari boʻlmaganligi sababli aholining koʻpgina qismi yo Xonkandini tark etgan, yoki muhtojlikda yashamoqda. Hozirda armani diasporasi Qorabogʻ, Xonkandi, Shusha va boshqa hududlarning obodonlashtirilishi uchun mablagʻ-sarmoya ajratganliklarini taʼkidlaydilar. Xoʻsh, qani oʻsha sarmoya? Bugungi kunda Xonkandi shahrining bir qismi, Karkijahon, Koʻsalar, tarixiy Ettiqoya kabi goʻzal hududlar endilikda xarobaga aylangan.

Xonkandi shahrida bir qancha madaniyat muassasalari mavjud edi. Shaharda 2 ta madaniyat uyi, 2 ta musiqa maktabi, 1 ta raqs maktabi, 1 ta rassomlik maktabi faoliyat olib borardi. SSSR davrida shahar madaniyat uyi V.I.Lenin nomi bilan atalar edi. Qorabogʻdagi boshlangʻich raqs maktabi Xonkandi shahrida 1972-yilda foydalanishga topshirilgan edi. Shaharda 1936-yilga qadar qizlar va yigitlar birgalikda taʼlim olmas edilar.

Tarixiy me’morlik obidalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorabog’ dunyoning eng qadimiy tarixiga ega bo’lgan diyorlardan biri hisoblanadi. Tabiiy jug’rofiy sharoit, qadimgi insonlarning bu yerda yashashi uchun qulay sharoitning bo’lishi hududning eng qadimgi odam turarjoyi qatoriga kirishiga sabab bo’lgan. Albatta, Qorabog’ning qadimiy turarjoy maskanlaridan so’z ochganda, Xonkandini qayd etib o’tish lozim. Xonkandi shahri yaqinida olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida Eneolit va Jez davrlariga tegishli moddiy madaniyat namunalari bo’lgan qorg’onlar topilgan. Ushbu qo’rg’onlarning ba’zilarida 50 dan ortiq odam suyagi topildi. Xususan, bu skeletlarning topilishi ushbu qo’rg’onning qabila a’zolariga yoki oilalariga tegishli ekanligini ko’rsatadi. Xonkandida olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan moddiy madaniyat namunalari hududning qadimiy tarixga ega ekanligini, aholining mashg’uloti, qaysi hunarmandlik sohalarida oldinlab ketgani, diniy ideologiyasi, san’ati, aholining odat va an’analarini o’rganishga yordam beradi. Qo’rg’onlardan tosh gurzilar, o’q uchlari, mis xanjar soplari, tosh tegirmon, suyakdan yasalgan buyumlar, oltin munchoq va taqinchoqlar, keramika namunalari topilgan.[15]

Boshqa tarixiy obidalariga misol sifatida Karkijahon posyolkasida joylashgan uch qabristonni ko’rsatish mumkin. Bu yerda 1400-yillarga tegishli yozuvi bor qabrlar, 800 yil avvalgi musulmon qabriston qoldiqlari, shuningdek, “Cherkovli” deb nomlangan yerda Alban cherkovi mavjud bo’lgan. Qorabog’ hodisalari boshlagan vaqtda armanlar qizil rang bilan yozilgan qoyatosh olib kelib ushbu hududga qo’yish bilan alban ibodatxonasini o’zlarini qilishga uringanlar. Cherkovning 500 metr balandligida bir nechta qabr mavjud bo’lib, ushbu qabrlarda dafn qilinganlarning yuzi qibla tomonga qaratilgan edi.[15]

Ko’salar qishlog’i hududida “Muhammad og’a xonasi” tarixiy obidasi, “Darili Piri”, “Alam daraxti” ziyoratgohlari va tosh qabrlar joylashgan.

Mashali qishlog’i hududida, Maydon yaylovida muqaddas ziyoratgoh “Sayyid qabri”, “Yetti cherkov” (Alban cherkovi) bor. Bundan tashqari 4 joyda Alban cherkovi mavjud bo’lgan. Afsuski, armanlar ozarbayjonlarga qarshi olib borgan vahshiyliklar nafaqat inson talafoti, yo’qotishlari bilan, balki tarixiy me’morlik obidalarning, moddiy madaniyat namunalarning buzib yo’qotilishi bilan ham yakunlandi.[15]

Fayl:“Biz va bizning tog‘lar”.jpg
“Biz va bizning togʻlar” monumental obidasi

“Biz va bizning togʻlar” monumental obidasi 1967-yilda Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahri yaqinida, Askaron tumani hududida qad koʻtardi. Haykaltarosh Sarkis Bagʻdasaryan tomonidan tayyorlangan “Biz va bizning togʻlar” monumental obidasi qisqa vaqt ichida ham mahalliy aholi, ham Ozarbayjon jamiyati tomonidan mehr qozongan va hozirda Ozarbayjon madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadi. Obidaning arman millatiga mansub haykaltarosh tomonidan yaratilishi uni avtomatik ravishda Armanistonning madaniy boyligiga aylantirmaydi. Obida Ozarbayjon Respublikasining byudjeti hisobidan, Ozarbayjon Respublikasi hududida insho etildi, shu sababli Ozarbayjon madaniy boyligi hisoblanadi". Qayd etish joizki, istalgan madaniyat obidasi yaratilgan oʻlkaning madaniy boyligi hisoblanadi: “Bu prinsip butun dunyoda qabul qilingan va bahs-munozaraga oʻrin yoʻq”.[15]

Fan va madaniyat oʻchoqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yillarda Togʻli Qorabogʻga berilgan eʼtibor, viloyatni zamonaviy sanoati, ilgʻor qishloq xoʻjaligi, zamonaviy infrastrukturasi boʻlgan, yuksak darajada rivojlangan mintaqalardan biriga aylantirdi. Umummilliy lider Haydar Aliyevning Ozarbayjonga boshchilik qilgan 1969-1982-yillarda Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga alohida eʼtibor qaratishi viloyat aholisining farovon kelajagiga zamin yaratdi. Togʻli Qorabogʻ hodisalari boshlagan davrda ham viloyat har tomonlama taraqqiy etgan mintaqa sifatida 1970-yillarni bosib oʻtayotgandi. Tasodifni qarangki, 1988-yil boshlarida Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati hodisalari boshlagan paytda nizo sababini „Ozarbayjon tomonidan Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini gʻarazli shaklda orqada qoldirilishida“ koʻrgan shovinist arman siyosatchilarining gʻoyalari eng salohiyatli va millati arman mansabdor iqtisodchi mutaxassislar ishtirok etgan tekshiruvlarda amalga oshgan.

1988-yil mart oyida SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi, asosiy fondlar, asosiy resurs tushumlarining va yangi texnikaning iqtisodiy samaraliligi boʻyicha ilmiy shura raisi Tigran Xachaturov Ozarbayjonga keldi. Bokuda, Xonkandida Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi real vaziyatni keng, mayda detallarigacha tahlil qilindi, tekshiruv olib borildi. Natijada millati arman boʻlgan taniqli iqtisodchilar Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi vaziyat arman siyosatchilarining dunyoga taqdim qilgan vaziyatidan ancha yaxshi ekanligini tan olishga majbur boʻldilar.[15]

Turli meʼmorlik uslubida bir qancha binolarning barpo etilishi, madaniyat obidalarining qurilishi Ozarbayjonning dinamik rivojlangan shaharlaridan biri sifatida Xonkandi shahri koʻrinishini qisqa muddatda oʻzgartirib yuborgandi. Bu yerda iqtisodiyot bilan bir qatorda taʼlim, fan va madaniyat ham taraqqiy etgan, matbuot, adabiyot va sanʼat rivojlanib, oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasi kengaytirilgan, bolalar muassasalarining, maktablarning moddiy-texnik taʼlim bazasi mustahkamlangan.[15]

Umummilliy lider Haydar Aliyevning oqilona siyosati natijasida Xonkandi shahrida fan, taʼlim va madaniyat sohalari taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu sababli ham 1970-1985-yillar Xonkandi shahrida madaniyat rivojining muhim davri boʻlib, Xonkandi shahri dinamik jihatdan rivojlangan madaniyatga ega shaharlardan biriga aylangan edi. Eng katta yutuqlardan biri Xonkandida oʻqituvchilar institutining ochilishi edi. 1938-yilda ochilgan bu institut Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatidagi yetti yillik maktablarini tayyor oʻqituvchilar bilan taʼminlar edi. 1940-yilda esa ortiq institutning ikki boʻlimi bor edi. 1950-yilda Xonkandi Oʻqituvchilar Institutining uch shoʻbasi ishga tushdi. 1970-1985-yillarda Xonkandi shahrida kasb taʼlimi tizim sur’atli ravishda rivojlanardi. Shunday qilib, shaharning 8 oʻrta maktabida shogirdlarga turli kasblar oʻrgatilardi.[15]

Madaniy-maʼrifiy muassasalarning keng shaklda tuzilib, rivojlanishi Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati aholisi uchun katta ahamiyatga ega boʻlish bilan birga viloyatda savodsizlikni kamaytirish uchun bir qancha ishlar koʻrdi. Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida kutubxona va darsxonalarning ochilishi uchun alohida eʼtibor qaratildi. 1920-1940-yillar davomida viloyatda 66 mustaqil kutubxona faoliyat koʻrsatardi. XX asrning 30-yillarida Xonkandi shahrida madaniy-maʼrifiy muassasalar sifatida klublar ham tashkil topgan edi. Aholini savodli qilishda, ijtimoiy-siyosiy faoliyat ortishida albatta matbuot roli tengsizdir. 1960-yil oxirida respublika boʻylab 118 gazeta nashr etilardi, ulardan 6 tasi Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyatida chop etilardi.bu gazetalardan biri ozarbayjon, biri rus tilida, 4 tasi esa arman tilida chiqar edi. Boy, qiziqarli va rangbarang repertuarga ega Xonkandi Davlat Ashula va Raqs ansamblining 1959-yildan faoliyatini boshlashi aholining madaniy saviyasi yuksalishida muhim rol oʻynadi.[15]

1970-1985-yillar davomida Xonkandi shahrida bir qator ilmiy idoralar faoliyat koʻrsatardi, bu idoralar mintaqaning xalq xoʻjaligi sohasida yuksak mahsuldorlikka erishish uchun yangi-yangi samarali takliflarni ilgari surardi, yangi ixtirolar qilishardi. Shuningdek, Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati tabiiy boyliklarining chuqur oʻrganilishida, ham qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari hamda chorvachilikda mahsuldorlikning orttirilishining chora-tadbirlari topilishida muhim ishlar koʻrildi. Xonkandi Agrar Sanoat Birligi, Xonkandi Zona Tajriba Stansiyasi, Ozarbayjon Qishloq xoʻjaligi texnikasi birligining TQMV filiali, Qorabogʻ Ilmiy tajriba bazasi, OMFA ning Togʻli Qorabogʻ filiali ana shunday idoralardan edi.[18]

Xonkandi shahrida Oʻqituvchilarni Malakalarini oshirish Instituti, Pedagogik Institut, Qishloq xoʻjaligi texnikomi, Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasining Xonkandi filiali, 2 musiqiy maktab, texnik-kasb maktablari, Tarix-Mamlakatshunoslik muzeyi, M.Gorkiy nomidagi Xonkandi drama teatri, kutubxonalar, sport maydonchasi, istirohat parklari, istirohat uylari, ashula va raqs toʻgarak va ansambllari faoliyat koʻrsatardi.

Taniqli shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jami Xankendi, tuman va qishloqlarda 31.000 ta shohid va 49.492 ta nogiron hisoblangan.

  • „Tema Azerbaydjana v sredstvax massovoy informatsii Uzbekistana“ Oʻzbek va rus tillarida.
  • Oleg Kuznesov. Qorabogʻ konflikti: „afsonalari“ toʻgʻrisida haqiqat. 2015. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Turkestan i Yujniy Kavkaz XIX — XX vv. Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2015), Rus tilida.
  • „Ozarbayjoning madaniy merosi: Kulturnoe nasledie Azerbaydjana“ (2016), Oʻzbek va rus tillarida.
  • Tarix fanlari doktori, professor Ali Hasanovning „Geosiyosat“ kitobi (2016) — tarjimon Babaxan Sharifov. Oʻzbek tilida.
  • Sh.Salamov „Karabax — voyna idey“ (2016), Rus tilida.
  • Shuxrat Salamov. „Gʻoyalar jangi“. XIX-XX a.. Turkiston va Janubiy Kavkaz. T., — 2017. Oʻzbek tilida.
  • Abduvali Saybnazarov. Chelovechnost, unichtojennaya v Xodjalinskom genotside. -T., 2017. Oʻzbek va rus tillarida.
  • Ali Hasanov, Ozarbayjonliklarga qarshi etnik tozalash va milliy qirgʻin siyosati. Xoʻjayli milliy qirgʻini / — Toshkent: „Istiqlol nuri“, 2017. Oʻzbek tilida.
  • Dokumentalniy film. „Dashnaki ot Fergani do Karabaxa“ (2016)
  1. Xonkandi
    Muallif(lar) Robert Hewsen
    Sahifalar soni 265
    Originally called Vararakn, this Armenian village on the right bank of the Gargar (Arm. Karkar) River was renamed Khankendi in 1847. Selected capital of Nagorno-Karabakh after the destruction of Shusha, it was renamed Stepanakert in 1923 after the Armenian Bolshevik, Stepan Shaumyan (Step’annos Shahumyan), and, growing rapidly, was elevated to the rank of a city in 1940
  2. 2,0 2,1 „НКР в цифрах 2020“. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  3. 3,0 3,1 Ozarbayjon Respublikasining Davlat Statistika Qoʻmitasi: 2.5.2012-yilga iqtisodiy va maʼmuriy tumanlar, shahar punktlarida istiqomat qiluvchi aholini jinsi boʻyicha hisobga olish (Wayback Machine saytida 2012-06-26 sanasida arxivlangan) (ming kishi)
  4. „Şəhərlərarası telefon kodları“ (az). mincom.gov.az. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.
  5. en:List of United Nations Security Council resolutions on the Nagorno-Karabakh conflict
  6. https://2001-2009.state.gov/p/eur/rls/or/13508.htm
  7. en:Council of Europe Parliamentary Assembly Resolution 1416 (2005)
  8. http://www.un.org/ga/search/view_doc.asp?symbol=a%2Fres%2F62%2F243&referer=https%3A%2F%2Fen.wikipedia.org%2F&Lang=R
  9. „Sovet davridagi“ armanilarnning daʼvolari[sayt ishlamaydi]
  10. Xankendi — Ozarbayjonning durdona shahri, 2011-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-09 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 9 (yordam)
  11. Qorabogʻ tarixining solnomasi (1960-1970-yillar) — Azerbaycanli.org, 2012-01-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-03-09 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 49 (yordam)
  12. az/ Bosib olinish tarixi (Wayback Machine saytida 2020-08-15 sanasida arxivlangan) xankendi.az
  13. Tomas De Vaal, Black Garden. Armenia and Azerbaijan through Peace and War. Nyu-York Nashriyoti, 2003-yil
  14. BBC Radiosu
  15. 15,00 15,01 15,02 15,03 15,04 15,05 15,06 15,07 15,08 15,09 15,10 15,11 15,12 15,13 http://www.xankendi.az (Wayback Machine saytida 2012-03-20 sanasida arxivlangan) Xonkandi veb sahifasi
  16. Togʻli Qorabogʻ aholisi
  17. Qorabogʻ davri[sayt ishlamaydi]
  18. İltifat Şahsevən (Əliyarlı), İltifat Musa oğlu. İstiqlal fədailəri - Azərbaycan Xalq Cümhuriyyətinin Daxili İşlər Nazirləri və silahdaşları: 1918-1920 Bakı – Mütərcim – 2013