Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Vatanparvarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vatanparvarlik — bu kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham bejizga aytishmagan. Vatanparvar insonlar vatanimizda juda ham koʻp uchraydi. Masalan, Abdulla Avloniy, u qatag'on yillari paytida yashagan bo'lsa ham so'z erkinligi unda juda rivojlangan. Mahmudxo'ja Behbudiy, u o'zining bolalarni o'qitish kitoblari bilan Vatanimizda tanilgan. Uning bolalarga Chet tilini o'rgatish, Savod chiqarish va boshqa o'qitishga oid qilgan ishlari taqsimga loyiq.Birinchi prezidentimizning "YUKSAK MA'NAVIYAT YENGILMAS KUCH asarida "ham ajdodlarimiz oz ona yurtlari uchun qoshgan hissalari haqida juda kop maʼlumotlar keltirilgan masalan, Chingizxon zulmiga qarshiliklar Amir Temur jasorati Jaloliddin Manguberdi va boshqa buyuk sarkardalar haqida maʼlumotlar berilgan .

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil