Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Toshtaroshlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toshtaroshlik (sangtaroshlik) — hunarmandlik turi; toshni kesish, yoʻnish bilan uni maʼlum shaklga keltirish kasbi. Inson juda qadim zamonlardan beri oʻz ehtiyojlari uchun turlituman tabiiy toshlardan foydalanadi. Tabiiy toshlar keng tarqalgan oʻlkalarda tosh asosiy qurilish materialidir; uning turli navlari uyroʻzgʻor buyumlari, qurol va asboblar, bezak ashyolari tayyorlashda keng qoʻllangan. Qimmatbaho toshlar jahondagi deyarli hamma xalk,larda bezak buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tabiati turlituman toshlarga boy, shuningdek, toshga nisbatan foydalanishga bir muncha qulay va oson boʻlgan yogʻoch, ganchga ham boy. Geografik sharoit takrzosi bilan qurilish materiali sifatida meʼmorlikda toshdan kam foydalanilgan, jonli mavjudotlarning shakllarini ishlash — haykaltaroshlik ham rivojlanmagan. Kimmatbaho toshlardan badiiy va bezak buyumlari tayyorlash, nodir toshlardan zargarlikda foydalanish juda qadimdan rivojlangan. Neolit davriga mansub Lavlakon — 59 makoni (Qizilqum)da zargarlik ustaxonasining qoldiklaridan feruza taqinchoklar tayyorlashda foydalanilgan chaqmoqtosh, kvarsit egovlar topilgan (mil. av. 3ming yillik). Neolit va jez davrlarida tosh badiiy ishlanganligini Zamonbobo madaniyati va Chustdan topilgan arxeologik topilmalardan ham koʻrish mumkin; Fargʻona viloyatidagi Soʻx qishlogʻidan topilgan qora toshdan ishlangan tumor diqqatga sazovor. 1—3-asrlarda Oʻzbekistonning jan.da binolarning poydevori, ustunlarida, bino qismlarini bezashda marmar va xarsang toshlardan, binolarni bezash uchun relyef va haykallar tayyorlashda (buddizm tarqalishi munosabati bilan) ohaktoshdan foydalanilgan. Ayritom, Fayoztepa, Qoratepa va boshqa binolarning qoldiklari binolarni bezashda toshdan foydalanilganini koʻrsatadi. T. Oʻrta Osiyoda 15-asrda yanada rivojlandi va takomillashdi, Madrasa, maqbara va boshqa yirik binolar qurilishida toshdan keng foydalanildi: Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Ahmad Yassaviy majmui kabilar jozibali bezatilgan. 19-asrda — 20-asr boshlarida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Qoʻqon va boshqa shaharlarda yirik binolar, hovuzlar (Labi Hovuz ansambli, Sitorai Mohi Xosa va boshqalar), tegirmonlarda xarsang tosh va marmardan koʻp foydalanilgan, Nurota, Gʻozgʻon qishloqlarida marmardan lagan, piyola kabi idishlar tayyorlash rivojlangan. 20-asr — 21-asr boshlarida (ayniqsa, Oʻzbekiston mustaqilligidan soʻng) maʼmuriy va jamoat binolarini qurish va ularni bezashda ohaktosh, marmar, granit va boshqa toshlardan, togʻ jinslaridan foydalanishga katta eʼtibor berildi: Navoiy teatri, Muqimiy teatri, Toshkent metropoliteni bekatlari, Xalqlar doʻstligi saroyi, Oliy Majlis, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oqsaroy va boshqa Hozir T. mexanizatsiyalashtirilgan, tosh kesuvchi, toshni silliklovchi va boshqa mexanizmlar keng qoʻllanadi.[1]

  1. „Toshtaroshlik“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil